18 +  RSS  E-mail
11:01, 11 09 2019

Oilaviy tadbirkorlikni yoʻlga qoʻyish istagidagi talabaga imtiyozli kredit ajratiladigan boʻldi


Surxondaryo viloyati hokimi Toʻra Bobolovning har hafta kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subʼektlari vakillari bilan oʻtkazayotgan bevosita muloqotlarida ularni qoʻllab-quvvatlash, samarali faoliyat koʻrsatishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, xususiy mulkning viloyat iqtisodiyotidagi ahamiyatini oshirishga eʼtibor qaratilmoqda.

Kechagi qabulda ham 30 nafarga yaqin tadbirkorlarni oʻylantirayotgan dolzarb masalalar koʻrib chiqildi. Ular duch kelgan muammolarning aksariyatiga muloqot davomida yechim topildi.

Xususan, Toshkent davlat agrar universitetining Termiz filiali talabasi Jahongir Abduimov oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, non va non mahsulotlari ishlash chiqarishni yoʻlga qoʻyish maqsadida bankdan imtiyozli kredit olishda amaliy yordam soʻradi.

Murojaatchining  talabi qondirildi. Uch kun muddatda unga 100 million soʻm miqdorida imtiyozli kredit ajratish toʻgʻrisida bank rahbariga koʻrsatma berilib, ijrosi nazoratga olindi.

Atroflicha oʻrganishni taqozo etadigan murojaatlar boʻyicha ham tegishli mutasaddilarga topshiriqlar, murojaat egalariga esa huquqiy tushunchalar berildi.

Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.