18 +  RSS  E-mail
10:56, 11 09 2019

Masʼullar investor va tadbirkorlar huzurida!


Bugungi saʼy-harakatlarimiz, maqsad-muddaomiz xalqimizning bugungi hayotidan rozi, ertangi kunidan koʻngli toʻq boʻlishiga qaratilgan. Buni har bir rahbar yurakdan his qilishi va zimmasidagi ulkan masʼuliyatni anglab mehnat qilishi lozim. Shuni unutmaylikki, kechagi uslub, qotib qolgan qarashlar bilan oldimizga qoʻygan maqsadlarga erishib boʻlmaydi. Bugungi davr barchamizdan yangicha fikrlashni, zamon shiddatiga mos ishlashni taqozo etadi — deydi davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev.

Darhaqiqat, viloyatda amalga oshiriladigan loyihalar, bunyodkorlik ishlari, umuman, xalqimiz hayotini, turmush darajasini oshirish yuzasidan ulkan vazifalarni oʻz oldiga maqsad qilib kelayotgan tadbirkorlar va chet el investorlari bugun Adliya idoralarining diqqat eʼtiborida.

Bu boradagi ishlarni jonlantirish, tadbirkorlarga huquqiy jihatdan yordam berish, ularning jadal rivojlanib borayotgan investitsion muhitga nisbatan ijobiy fikrlarini shakllantirish maqsadida Namangan viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi Kosonsoy tumanida joylashgan “Barkas tex” Oʻzbekiston-Rossiya qoʻshma korxonasida boʻldi. U yerda korxona rahbari va xodimlar bilan uchrashdi.

Shu bilan bir qatorda tuman (shahar) adliya boʻlimlari boshliqlari tomonidan barcha turdagi tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanib kelayotgan ishlab chiqarish obʼektlarida keng koʻlamdagi manzilli targʻibotlar oʻtkazildi. Unda asosiy eʼtibor tadbirkorlarimiz manfaatlari uchun xizmat qilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyati, soliq va bojxona imtiyozlari, ularga yaratilgan preferentsiyalar va boshqa muhim maʼlumotlarga qaratildi.

Shuni guvohi boʻldikki, har bir hududda faoliyat olib borayotgan tadbirkorlarning oʻz oldiga qoʻygan maqsadi bor. Bunga birgina Uychi tuman misolida toʻxtalsak:

Boʻlim boshligʻi tomonidan ip yigiruv, netril va lateks qoʻlqoplar hamda paypoq ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan “Mega tekstil” qoʻshma korxonasiga borilib, korxona rahbarlari bilan suhbatlashildi. Suhbat davomida korxonaning hozirda Turkiyalik investor Veli Gyunesh rahbarligidagi “Oʻrta Osiyo tekstil” korxonasi (85% ulushga ega) bilan hamkorlikda qaytadan jihozlash ishlari ketayotganligi, 11,5 mln AQSh dollari miqdoridagi yangi dastgohlar oʻrnatilishi, shunda hozirda 3,5 mln AQSh dollari miqdordagisi Germaniyadan olib kelinib, oʻrnatilayotganligi, 430 ta ishchi oʻrni yaratish rejasi borligini aytib oʻtdi.

Oʻz oldilariga ulkan maqsadlarni qoʻygan bu kabi tadbirkorlarimiz Namangan shahar, Chust, Pop, Chortoq, Yangiqoʻrgʻon va Norin tumanlarida ham faoliyat olib borib, hudud aholisi bandligini taʼminlab, yurtimiz va jahon bozoriga oʻz mahsulotlarini yetkazib kelayotganlaridan xursandmiz!

Namangan viloyati hokimligi axborot xizmati


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.