18 +  RSS  E-mail
14:37, 10 09 2019

Rossiya, Italiya, Ukraina davlatlariga eksport qilinmoqda.


Qiziltepa tumanining “Uzilishkent” mahallasida joylashgan “Toshrabot-textile” MChJ ikki yildirki sifatli trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarmoqda.

Navoiy viloyati hokimi K.Tursunov korxona faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida tashrif buyurdi.

Ushbu korxonada 400 nafarga yaqin ishchi-xodimlar faoliyat koʻrsatmoqda. Bugungi kunda korxona mahsulotlari Rossiya, Italiya, Ukraina davlatlariga eksport qilinmoqda.

Trikotaj mahsulotlarining 60 dan ortiq turlari ishlab chiqarilmoqda.

Chevarlar tomonidan esa bir kunda oʻrtacha 9000 ta mahsulot tayyorlanmoqda.

Navoiy viloyati hokimligi axborot xizmati


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.