18 +  RSS  E-mail
11:00, 09 09 2019

Olotda “Qizil kitob”ga kiritilgan baliqlarni ovlagan brakon’erlar ushlandi


Buxoro viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi Olot tuman inspektsiyasi inspektorlari tomonidan tezkor ekologik reyd oʻtkazildi, deb xabar berdi boshqarma axborot xizmati.

Xabarda aytilishicha, reyd davomida Qorakoʻl tuman Poykent MFYda yashovchi fuqarolar H.M., H.R., S.F., R.B lar Olot tumani Bahoriston hududiga qarashli tumanlararo kollektordan qoʻlbola usulda tayyorlangan vositalar yordamida baliq ovlash bilan bogʻliq qonun buzilishi holati sodir etilayotgan vaqtda toʻxtatildi.

Ular uch dona oq amur baligʻi, oʻn uch dona oqkoʻz baligʻi hamda Oʻzbekiston Respublikasi «Qizil kitobi»ga kiritilgan, yoʻqolib borayotgan uch dona turkiston moʻylovdori baliqlarini tutishgan.

Qonunbuzar fuqarolardan ov jarayonida foydalanilgan qoʻlbola ovlash vositalari, rezina qayiq, elektr simlar olinib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi va jinoyat alomatlari borligi sababli Olot tuman ichki ishlar boʻlimiga topshirildi.

Buxoro viloyati hokimligi axborot xizmati


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.