18 +  RSS  E-mail
11:02, 09 09 2019

Ekspertlar Jizzaxdagi AES qurilishi uchun moʻljallangan maydon Atom energiyasi agentligi talablariga qanchalik javob berishini oʻrganib chiqdi


Jizzax viloyatidagi Tuzkon koʻli yaqinida atom elektr stantsiyasi qurilishi uchun tanlangan maydon Xalqaro atom energiyasi agentligi (XAEA) talablariga deyarli toʻliq javob beradi. Bu haqda “OʻzGAShKLITI” DUK direktori Yoʻldosh Maʼrupov maʼlum qildi.

Ayni paytda Rossiyaning “Atomstroyeksport” korxonasi va “OʻzGAShKLITI” DUK mutaxassislari mazkur hududda geofizik va seysmologik ishlarni olib bormoqda.

“Biz har biri 250 sahifa boʻlgan 18 jilddan iborat hisobotni taqdim etdik. XAEA talablarida AES qurilishini soʻroq ostiga qoʻyadigan 15 ta “noqulay omil” koʻrsatilgan. Bizning maydonimiz esa dunyoda kamdan-kam uchraydigan maydon hisoblanadi — u 14ta omildan butunlay xoli hudud”, — dedi Maʼrupov.

Yana bir omil — yer yuzasidan 6-12 metr pastda joylashgan yerosti suvlari esa muhandislik uslubi yordamida osonlik bilan hal etiladi, deb qoʻshib qoʻydi u.

Tekshiruvlar natijalari oʻrganib chiqiladi va ular asosida atom elektr stantsiyasining texnik loyihasini ishlab chiqish davom ettiriladi.

Jizzax viloyati hokimligi axborot xizmati


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.