18 +  RSS  E-mail
11:08, 09 09 2019

Dunyodagi eng kambagʻal prezident


Urugvayni 2010-2015 yillarda boshqargan rahbari dunyodagi eng kambagʻal prezidentdir. Prezident oyiga 800 dollarga yashaydi va hayotidan juda mamnun.

Dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida siyosatchilar oddiy odamlar qanday yashayotganini bilishmaydi va tushunishmaydi, deb shikoyat qilishadi. Ammo Urugvayda emas. Tanishing: Prezident Xose Muxika zohid va vegetarian. U eski fermada yashaydi va maoshining asosiy qismini xayriya ishlariga sarflaydi.

Uyi oldidagi arqonlarda kiyimlar qurishi uchun osilgan. Suvni hovli oʻrtasidagi quduqdan oladi. Uyni faqat ikki politsiyachi va uch oyoqli it himoya qiladi.

Urugvay prezidenti Xose Muxika shunday yashaydi. Uning hayot tarzi dunyoning qudratli odamlarinikiga sira oʻxshamaydi.

Prezident Muxika rasmiy qarorgohda yashashdan bosh tortdi va mamlakat poytaxti Montevideoning yaqinidagi ajdodlari fermasida yashashni afzal koʻrdi. Uyga faqat tuproqli torgina bitta yoʻl orqali boriladi.

Prezident va uning rafiqasi sotish uchun gullarni oʻstirishadi. Ularning ishchilari yoʻq.

«Men juda yaxshi yashayman»

Bunday zohid hayot tarzi uchun, shuningdek, Prezident Muxika oylik maoshining 90 foizini xayriya ishlariga bergani uchun (oyiga 12000 dollar oladi) u dunyodagi eng kambagʻal prezident deb nom olgan.

— Men butun umrimni shu tarzda oʻtkazaman, — deydi Muxika oʻz bogʻida eski stulda oʻtirgancha. — Men bor narsam bilan juda yaxshi yashayman.

Prezident pullarini kambagʻallar va kichik biznesga yordamlashadigan xayriya tashkilotlariga beradi. Natijada uning maoshi Urugvay uchun oʻrtacha oylikka teng — yaʼni oyiga 775 dollar.

Urugvaydagi barcha davlat xizmatchilari oʻz daromadlari va shaxsiy mol-mulklarini deklaratsiyalashlari shart. Prezidentning mulki 1987 yilda ishlab chiqarilgan, 1800 dollarga baholangan “Fol’ksvagen-juk” rusumli avtomobildan iborat edi.

— Meni eng kambagʻal prezident deb atashadi, lekin men oʻzimni kambagʻal his qilmayman. Kambagʻallar — bu hashamatli hayot kechirish uchun ishlaydiganlar. Ular har doim koʻproq va koʻproq istashadi.

Bu erkinlik masalasidir, — deydi prezident.

«Agar sizning ozgina narsangiz boʻlsa, unda bu narsalarga ega boʻlish uchun umr boʻyi qul kabi ishlashning maʼnosi yoʻq. Natijada oʻzi uchun koʻproq vaqt ajratadi”.

«Ehtimol, men gʻalati qari odamga oʻxshayman … Ammo bu mening tanlovim”. «Bizning sayyoramizda yetti-sakkiz milliard odamga boy mamlakatlar singari isrofgarchilik darajasiga yetishish uchun resurslar yetarlimi? Haqiqatan ham, bunday giper isteʼmol bizning sayyoramizga zarar yetkazmoqda», dedi Urugvay rahbari.


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.