18 +  RSS  E-mail
13:37, 06 09 2019

“Nukus” erkin iqtisodiy zonasi tashkil etildi


“Nukus” erkin iqtisodiy zonasini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida Prezident Farmoni qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining telegramdagi “Huquqiy axborot” kanali orqali xabar berilmoqda.

Farmonga koʻra “Nukus-farm” erkin iqtisodiy zonasi “Nukus” erkin iqtisodiy zonasiga aylantirildi.

Tashqi bozorlarda talab kuchli boʻlgan va import oʻrnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish maqsadida toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy va mahalliy investitsiyalarni jalb etish “Nukus” EIZning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.

“Nukus” EIZning faoliyat yuritish muddati 30 yil boʻlib, uning hududida alohida soliq va bojxona tartiblari amal qiladi.

Shuningdek, Farmonga koʻra “Nukus-farm” EIZ ishtirokchilari qoʻshimcha tartib-taomillardan oʻtmagan holda “Nukus” EIZ ishtirokchisi maqomiga ega boʻladi va ular uchun qonunchilikda avval nazarda tutilgan imtiyozlar va preferentsiyalar saqlab qolinadi.

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi axborot xizmati


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.