18 +  RSS  E-mail
13:02, 05 09 2019

Namangan viloyat yuridik kolleji: boʻlajak huquqshunoslarga ulugʻ maskan!


Haqiqatan ham Yurtboshimizning siyosiy irodalari natijasida taʼlim tizimiga qaratilayotgan eʼtibor har qancha eʼtirofga loyiq. Yoshlarimizning taʼlim olishga ishtiyoqi, kasbga boʻlgan munosabati bugun tamoman boshqacha. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 23 oktyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik kollejlarida oʻqishni tashkil qilish choralari toʻgʻrisida”gi qarori respublikamizdagi mavjud yuridik kollejlar faoliyatidagi tarixiy hujjat boʻldi.

Ushbu qaror asosida Namangan yuridik kolleji viloyat adliya boshqarmasi tizimiga kiritilib Namangan viloyat yuridik kolleji deya eʼtirof etildi.

Yuridik kollejlar 2018 yilda Adliya vazirligi tizimiga oʻtkazilganidan soʻng joriy yildan boshlab ilk marotaba boʻlib oʻtgan imtihonlardan aʼlo darajada oʻtgan oʻgʻil-qizlar birinchi oʻqish kuni munosabati bilan ilm maskaniga tashrif buyurdilar.

Tadbirga viloyatda faoliyat olib borayotgan huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, jumladan, viloyat IIB, sudlar, Majburiy ijro byurosi, Davlat xizmatlari agentligining hududiy boʻlimlari rahbarlari va boshqa bir qator hamkor idoralar, shuningdek, Adliya boshqarmasi faxriylari ishtirok etib, oʻzlarining tavsiyalarini va tabriklarini yoshlarga bildirdilar.

Anʼanaga koʻra yurtimizda bayramlar bayramlarga ulanib, ulugʻ ayyomni nishonlaganimizdan soʻng hamma oʻz ish joyiga, oʻquvchi talabalar esa bilim maskaniga shoshadilar. Bugun ham chin maʼnoda bayram desak adashmaymiz. Tashrif buyurgan mehmonlar va ota onlarni kollejning faol oʻquvchilari oʻzlarining sheʼr va kuy-qoʻshiqlari bilan qutladilar. Tadbir koʻtarinki kayfiyatda oʻtkazilib, ilk bor qabul qilingan talabalarda katta taʼsurot qoldirdi.

Shundan soʻng, 1-bosqich talablariga “Mustaqillik — huquq demakdir” mavzusida ochiq dars tashkil etildi. Mashgʻulotda Namangan viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi, kollej direktori Xayrullo Sabirov yoshlarga bugungi islohotlarning chin maqsadi, yurtimizda yaratilayotgan sharoitlarning yoshlar hayotidagi oʻrni, boʻlajak huquqshunoslar uchun ushbu kasbning mashaqqati haqida oʻz fikrlarini bildirib, ularning hayoti uchun zarur boʻlgan tavsiyalarni berdi.

Oʻylaymizki, amalga oshirilayotgan har bir islohot, chiqayotgan har bir qarorga oʻz munosabatimizni bildirishimiz, masʼuliyatni his qilishimiz va kelajakka har birimiz dahldor ekanimizni unutmasligimiz joiz.

Yoshlarni maʼnaviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga taʼlim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish bugungi kunning bosh tamoyilidir.

Shunday ekan, bu borada Namangan viloyat adliya boshqarmasi hamda yuridik kollej jamoasi hamkorlikda, harakatdan ogʻishmay birdam boʻlib faoliyat olib borsak, koʻzlagan maqsadimizga albatta erishamiz.

Namangan viloyati adliya boshqarmasi axborot xizmati


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.