18 +  RSS  E-mail
12:58, 05 09 2019

AQSh davlati bilan 12 ta sohada hamkorlik qilish rejalashtirilgan


Navoiy viloyati hokimi K.Tursunov AQSh davlati vakillarini qabul qildi. Ushbu muzokaralarda 12 ta sohada hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi.

Amerika fuqarosi boʻlgan asli afrikalik Tomas Isen Isah havo yuk transporti bilan shugʻullanishni istab, hamkorlik qilish uchun Navoiyning iqtisodiy salohiyati bilan tanishdi. Yurtimizdan donli va dukkakli ekinlar, sholi, poliz, sabzavotlarni havo yuk transporti orqali xorij davlatlariga eksport qilishni rejalashtirdi. U oʻzbekistonlik xamkorlari bilan “OVERSEAS FOURWAYS ENTERPRISES” maʼsuliyati cheklangan jamiyatga asos solib, uni davlat roʻyxatidan ham oʻtkazdi.

Bugungi kunda investorlar tomonidan viloyatning bozor iqtisodiyoti hamda mavjud imkoniyatlari oʻrganilmoqda. Ushbu hamkorlik amalga oshirilsa viloyat iqtisodiyoti oʻsishiga, aholi daromadi oshishiga hamda ish oʻrni yaratilishiga erishiladi.

Navoiy viloyati hokimligi axborot xizmati


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.