18 +  RSS  E-mail
13:27, 23 08 2019

Samarqand shahrida barcha mehmonxonalar hamda masjidlar raqamli kameralarga toʻliq oʻtkazildi


Shahar boʻyicha katta koʻchalar, chorrahalar va boshqa obʼektlarga jami 4500 ta raqamli kameralar oʻrnatilgan boʻlib, ushbu kameralarning 1100 tasi Samarqand viloyati IIBda yaratilgan situatsion markazga integratsiya qilingan.

“Xavfsiz shahar” kontseptsiyasining tarkibiy qismi boʻlgan Samarqand shahrining gavjum, boshqarilishi qiyin boʻlgan 4 ta chorrahasida “Yoʻl harakati qoidalari”ni buzgan harakat ishtirokchilariga nisbatan maʼmuriy chora koʻrilishi hamda ushbu koʻchalarda harakat xavfsizligi qoidalariga toʻliq rioya etilishini taʼminlash maqsadida kuzatuv hamda qayd etish kameralari oʻrnatilib, test rejimida ishga tushirildi.

Shu bilan birgalikda viloyat ichki ishlar boshqarmasi davlat-xususiy sherikchiligi asosida Samarqand shahrida haydovchilar tomonidan sodir etilayotgan yoʻl harakati qoidabuzarliklarini qayd etuvchi videokuzatuv moslamalarini oʻrnatilishi boʻyicha xohish-istagi boʻlgan, tegishli vakolatga ega korxona, tashkilot hamda tadbirkorlarni qoʻllab-quvatlab, hamkorlik qilishga tayyorligini bildirmoqda.

Samarqand viloyati hokimligi matbuot xizmati


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.