18 +  RSS  E-mail
13:22, 23 08 2019

Samarqand davlat universitetida ixtisoslashtirilgan maktab tashkil etildi


Hukumat qarori (682-son 17.08.2019 y.) bilan Samarqand davlat universiteti huzurida aniq va tabiiy fanlarga ixtisoslashtirilgan maktab tashkil etildi.

Fizika, matematika, kimyo va biologiya fanlari boʻyicha iqtidorli oʻquvchilarni tanlash, ularga zamon talablariga mos chuqur bilim berish ixtisoslashtirilgan maktabning asosiy vazifalaridan etib belgilandi.

2019-2020 oʻquv yilidan boshlab maktabning 7-sinfiga fizika-matematika yoʻnalishi boʻyicha 60 nafar, kimyo-biologiya yoʻnalishi boʻyicha 60 nafar oʻquvchi tanlov asosida qabul qilinadi.

Ixtisoslashtirilgan maktab bitiruvchilariga davlat namunasidagi umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi shahodatnoma beriladi.

Maktab direktori Samarqand davlat universiteti rektori tavsiyasiga muvofiq Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.

Samarqand viloyati hokimligi matbuot xizmati


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.