18 +  RSS  E-mail
13:53, 21 08 2019

Nogironligi bor 34 nafar fuqaroga uy beriladi


Nogironligi boʻlgan aholini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash maqsadida Navoiy shahri hududida joylashgan koʻp qavatli turar joy binosi taʼmirlanib, 34 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bor shaxslarga berish koʻzda tutilgan. Hozirgi kunda taʼmirlash ishlari davom etmoqda.

Navoiy viloyat hokimi K.Tursunov erta tongdan ushbu binoning qurilish va taʼmirlash ishlari bilan tanishdi. Tegishli masʼullarga va quruvchilarga koʻrsatma berdi.

Navoiy viloyati hokimligi axborot xizmati


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.