18 +  RSS  E-mail
13:38, 21 08 2019

Bayram yarmarkalariga marhamat!


Mustaqillik bayramining 28 yilligi munosabati bilan aholi dasturxoniga sifatli va yanada arzon narxlarda oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berish maqsadida Andijon shahrining 16 ta eng gavjum hududlarida arzonlashtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yarmarkalari ish boshladi.

Viloyatdagi fermer xoʻjaliklari, parrandachilik fabrikalari, agrofirmalar biriktirilgan mazkur yarmarkalarda goʻsht, baliq, tuxum, asal, shuningdek, oʻttiz olti xil qishloq xoʻjalik mahsulotlari arzon narxlarda sotilmoqda. Xaridorlarga koʻrsatilayotgan xizmatlar koʻlamini yanada kengaytirish maqsadida joylarda turgʻun savdo rastalari tashkil etilib, bayramona bezatildi.

Mazkur yarmarkalarda mol goʻshtining 1 kilogrammi uchun 35 ming soʻm miqdoridan narx belgilangan boʻlsa, tuxumning donasini 350 soʻmdan xarid qilish mumkin. Guruchlar 7 mingdan 15 mingacha, poliz mahsulotlaridan kartoshka 1500 soʻmdan, piyoz 1200 soʻm, sabzi 1600 soʻm, karamni har kilogrammini 1400 soʻmdan sotib olish mumkin. Mevalarning narxi ham bozorlarga nisbatan ancha arzon narxda belgilangan. Oq uzum uchun 2 ming, qorasi uchun esa 1500 soʻm narx qoʻyilgan. Tarvuzni kilogrammi 1000 soʻmdan, qovunni bir kilosi esa 1500 soʻm qilib belgilangan.

Aholiga qulaylik yaratish maqsadida toʻlov plastik kartochkalari orqali ham amalga oshirilmoqda.

Yarmarkalar shu yilning 5 sentyabriga qadar davom etadi.

Andijon viloyati hokimligi axborot xizmati


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.