18 +  RSS  E-mail
13:57, 15 08 2019

Ohangoron shahrida yangi markaz ish boshladi!


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xotin-qizlarning mehnat huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirish va tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlashga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan Ohangaron shahrida Xotin-qizlar tadbirkorlik markazi tashkil qilindi.

Markazda tadbirkorlik sohasini tushungan, ishsiz, mutaxassislikka ega boʻlmagan xotin-qizlarni tadbirkorlikka jalb qilishga bel bogʻlagan Nodira Akberdiyeva ish boshladi.

Yangi markazda xotin-qizlarning biznes yuritish koʻnikmalari shakllantiriladi, maslahatlar beriladi va amaliy yordam koʻrsatiladi.

Shuningdek, markaz uzoq muddat bola parvarishlash taʼtilida boʻlgan, mushkul iqtisodiy ahvolga tushgan ayollarni kasblar boʻyicha qayta tayyorlashga ham koʻmaklashadi.

Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati.


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.