18 +  RSS  E-mail
12:51, 14 08 2019

Sabrning tagi oltin, lekin qani oʻsha oltin?


Dila Nurmuxamedova: Oʻsha oltin sogʻ-salomat yurganingiz…

Shaxlo Djumaniyazova: Talabalik oltin davrim.

Javohir Fayzullayev: Alloh sabr qilguvchilarni yaxshiliklar bilan siylaydi, endi Allohni yaxshiliklarini oldida oltin nima boʻpti.

Alijon Nabiyev: Yana bir oy sabr qilsangiz xohlaganingizcha “oq oltin” terib topshirasiz davlatga.

Obidov Normurod: Sabr qilinglar yana 20 kun “oq oltin” boshlanadi, yer toʻla oltin boʻladi terib olaverasizlar-da.

…Oltinni biz televizorda koʻrganmiz, lekin afsus ushlab koʻrmaganmiz.

Obidov Normurod: Eh, aka oʻsha televizorda ushlab koʻrsatganlar ham oʻgʻirlayverib -oʻgʻirlayverib oxiri nima bilan tugaganini bugungi kunda koʻrayapmiz.

Dilbar Islamova: Oltin olma, duo ol. Duo oltin emasmi, degan mashoyixlar.

…Oltinga qoʻshib qargʻish olgan-chi?

Dilbar Islamova: Xudo saqlasin-e.

Kadir Kabulov: Sabrni tagini kovlab koʻrish kerak!

…Bizgacha kovlab olingan boʻlsa-chi?

Shuxrat Ernazarov: Mamlakatimiz oltinga rosa boy.

Zufar Temirov: Hokimi uyida.

…Nimaga uyida, axir Markaziy bankda saqlanishi lozim-ku.

Joʻrabek Fuzailov: Ola.

Murod Ashirboyev: Shveytsariya bankida.

Dilbar Abdullayeva: Muzlatgichda

…Balki bogʻda xum ichidadur.

Dilbar Abdullayeva: Albatta.

…Balki shisha bankada, tuzlanib yotgandur.

Dilbar Abdullayeva: Unisini Olloh biladi.

Dostonbek Ochilov: Shveytsariyada oʻsha oltin.

Taxir Xatamov: Sabr bu dunyo, oltin bu jannat!

…Demak Shveytsariya bu jannat.

Taxir Xatamov: Kimga qanaqa? Jannat borligiga ishonmaganlar uchun Shveytsariya jannat boʻlib tuyulsa kerak!

Karima Abdullayeva: Bunaqa oltinlarni muzeylarda muzlatib qoʻyish kerak.

Zara Fazilova: Oldin kumush boʻlib tursin, oltinmish-a

…Sabrning tagi KUMUSh.

Kaxramon Toshkuziyev: Mana 30 yil sabr qilyapmiz

Muqaddam Karimova: Yana sabr qilaylik.

Sodiqjon Qudrat:  Oltinni istasangiz, sabr qiling.

Nilufar Nurmetova: Yoʻq

Salimjon Rahimov: Bu maqolalar hokimlarga aytilgan …

Azimjon Rasulov: Tagida yotibdi.

…Yostiq tagida

Sirojiddin Ummatov: Oltin jannat eshiklarini siz uchun ochilishdir…

Odilbek Masharipov: 30 yil kutilgan oltin, yana 30 yil sabr qilinsa, keyin oltin boʻladi.

Bekzod Uralov: Fakt: butun dunyo oltinini 100 % deb olsak, shuning 60 % AQSh tasarrufida.

Mirzohid Qodirov: Shuning uchun Benjamin Franklin kuchli-da.

Bekzod Uralov: Bu boylikning kattagina qismi 2-jahon urushida qoʻlga kiritilgan.

Mirzohid Kodirov: Bilaman, undan oldin Buyuk Britaniyaga tegishli edi. 3000 yil sabr qilsak keyin oltinga aylanadi.

Muhammad Ali: Dunyo oltinini yigʻib bersa ham insonga kam, koʻzi toʻymaydi, insonga insof, iymon kerak, bu oltindan ustun turadi, chunki Alloh tomonidan beriladigan inʼomdir bu.

Abdumalik Qoriyev: Qanchasini Gulnora Karimova Rossiyaga oldirib qoʻydi-yu.

Kamariddin Hujaqulov: Hamma gap sabrda,sabr qilsangiz oltinni narigi dunyoda istagancha koʻrishingiz mumkin. Qancha koʻp sabr qilsangiz shuncha tez erishasiz oʻsha oltinga.

Monte Kristo: Tirikliging, toʻrt muchang sogʻmi, bu oʻsha oltindan ham qimmat, ishonmasang nogirondan soʻra.

Sanobar Karimova: Bizda sabrni tagi eng arzon metalga aylanyapti.

Monte Kristo: Oʻsha oltin oyogʻingni tagida yotibdi, buni qanaqa koʻz bilan qarashga bogʻliq, hasad koʻzi bilan emas, havas koʻzi bilan qarash kerak.

Nemat Pirnazarov: Sabr qilsang sariq goʻsht seniki.

Otabek Toshev: Sabrni tagi qullikdir.

Akmal Meyliyev: 30 yoshli qiz folbinga borib qachon erga tegishini soʻrabdi, qirq yoshgacha erga tegmaysan debdi. Qiz shoshib qirqdan keyinchi desa, keyin oʻrganib ketasan, degan ekan.

Bekzad Azizov: Yugurib yelib, oʻtda kuyib, suvda choʻkib, bir narsaga erisholmasang, yugurganniki emas, buyurganniki, deyishadi.

Lola Jurayeva: Ministrlarni Shveytsariya bankida!!!

Sobir Nuriddinov: Manda bor qancha kerak boʻlsa beraman, faqat kallani ishlatsangiz olasiz.

Jamila Jabborova: Tanu joningizni sogʻligi, ham oltin bilan teng, kerak boʻlsa  oltindan ham ziyoda aslida.

Ilxom Akbarov: Yaxshi amallar u dunyoda tillolarga almashtiriladi

Narzi Kamarov: Birinchidan, sabrning tagi oltin, degani bu oddiy xalq uchun emas, bu amaldorlar uchun oʻylab topilgan masal… Ikkinchidan, hozirgi amaldorlar olib ketishadi, nima uchun deganda qabristonlarni borib qoʻring, hatto kechagina Samarqanddagi Xoʻja Abdu Berun qabristoniga borgandim, bitta qabrga elektr simi oʻtkazib projektor qoʻygan…

…Biratoʻla isitish tizimini ham oʻtkazib olmabdimi?

Anvar Iskanderov: Sabr qilsang koʻrasan.

Fayzulla Abidov: Shu gapni oʻziga erib ketdi oltin.

Dilshod Rahimov: Sabrni tagida koʻp narsa koʻrinmaydi.

Shoxruh Rashidov: Eksport qilishyapti.

Botir Jon: $ kursini ushlab turaman deb oltinlarimiz qolmadi.

Gʻofurjon Axunov: Sabru toqat, sabru bardosh, sabru qanoat qiling, koʻrasiz.

Alisher Muradov: Barakalla oʻzbek xalkiga 28 yillik sabr!!!

Baxtiyar Bazarov: Sabrning tagi Markaziy bankda.

“Halq fikri”dan


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.