18 +  RSS  E-mail
12:46, 14 08 2019

Istiqlolga munosib toʻyona!


Xalqimiz mustaqillik ayyomini yangi zafarlar bilan qarshilashga oʻrgangan. Jumladan, joriy yil 1 sentyabrni ohangaronliklar ham oʻzgacha koʻtarinkilik, bunyodkorliklar bilan qarshilashmoqda.

Negaki aynan shu kuni sanoat hududida yana bir yangi korxona ishga tushishi kutilmoqda. “ECO HYGIENIC” MChJ tomonidan amalga oshirilayotgan ushbu loyihaning umumiy qiymati 16 mlrd. 200 mln. soʻm boʻlib, korxona bolalar tagliklari va ayollar gigiyenik salfetkalarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.

Korxona ishga tushirilishi natijasida 40 nafar ohangaronliklarning bandligi taʼminlanadi.

Hozirgi kunda qurilish ishlari yakunlanib, asbob-uskunalar toʻliq oʻrnatib boʻlindi. Korxonada esa xodimlarni ishga qabul qilish jarayoni davom etmoqda.

Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati.


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.