18 +  RSS  E-mail
12:44, 14 08 2019

Havbatdagi tadbirkorlar qabuli oʻtkazildi


Mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida kompleks tarzda institutsional va tarkibiy islohotlar amalga oshirilmoqda.

Boshqa viloyatlar singari Samarqandda ham Davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini kamaytirish, tadbirkorlik subʼektlari huquqlarini himoya qilish, xususiy mulkning ustuvorligini yanada kuchaytirish, biznes tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash yoʻnalishlarida izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Viloyat hokimligi tomonidan shu kunga qadar haftaning har juma kuni oʻtkazilib kelinayotgan tadbirkorlar bilan uchrashuv endilikda haftaning har dushanba kuni oʻtkazilishi belgilandi.

Shu munosabat bilan savdo-sanoat palatasi Samarqand viloyat hududiy boshqarmasida viloyat hokimligining navbatdagi tadbirkorlar bilan uchrashuvi oʻtkazildi. Uchrashuvda ishtirok etish uchun oʻz muammolari mavjudligini bildirib 42 nafar tadbirkorlar roʻyxatdan oʻtishdi. Uchrashuvga qadar 25 nafar tadbirkorlarning murojaatlari oʻz yechimini topdi. Qolgan 17 nafar tadbirkorlarning murojaatlari birma-bir tinglandi. Har bir murojaatda koʻtarilgan masala ijrosiga masʼullar biriktirilib, 1 haftalik muddat bilan ijro holati viloyat hokimligi tomonidan nazoratga olindi.

Shuningdek, uchrashuv davomida tadbirkorlar va tadbirkorlik subʼektlari tomonidan bildirilgan murojaatlar atroflicha tahlil qilindi. “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablarini buzgan holda ish yuritgan Savdo-sanoat palatasi Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi boshligʻi Sh.Yuldashev, viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi S.Nuriyev, viloyat bosh arxitektori B.Elmurodov va Samarqand shahar arxitektori F.Mardonqulovlarga nisbatan oʻrnatilgan tartibda maʼmuriy javobgarlik masalasini koʻrib chiqish masʼullardan soʻraldi.

Samarqand viloyati hokimligi matbuot xizmati.


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.