18 +  RSS  E-mail
13:08, 12 08 2019

Giyohvandlik savdosiga chek qoʻyildi


Qarshi shahrida olib borilgan tezkor tadbir davomida giyohvandlik savdosiga chek qoʻyildi. Aniqlanishicha, Qarshi shahridagi kafe yonida fuqaro S.A. ikki dona gugurt qutiga joylangan 6,3 gramm marixuana giyohvandlik vositasini 300 ming soʻmga pullayotgan vaqtida toʻxtatib qolindi.

Uning koʻrsatmasi asosida tadbir davom ettirilib, Koson tumanida istiqomat qiluvchi Yu.Yu.ning yashash xonadoni koʻzdan kechirilganda, uydagi divan va koʻrpacha orasida qogʻozga oʻralgan marixuana giyohvandlik vositasi noqonuniy ravishda saqlab kelinayotgani maʼlum boʻldi.

Qashqadaryo viloyati bojxona boshqarmasi kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boʻlimi xodimlari hamda huquqni muhofaza qiluvchi organ vakillari tomonidan aniqlangan mazkur holatlar yuzasidan tekshiruv va surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Qashqadaryo viloyati hokimligi axborot xizmati.


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.