18 +  RSS  E-mail
13:05, 12 08 2019

Buxoroda yana bir topilma


Qurilish va bunyodkorlik ishlari keng avj olgan Buxoro shahrining koʻhna manzillaridan biri “Mehtar anbar” koʻchasida qurilish va taʼmirlash ishlarini olib borayotgan ishchilar jamoasi yana bir tarixiy topilmaga duch kelishdi. Bu yerdan qadimiy qoʻlyozma manbalarida XVI asrga oid deb koʻrsatilgan “Kafshi olak” hammomining qoldiqlari, ashyoviy dalillari topildi.

— Topilmani oʻrganish va u haqda maʼlumotga ega boʻlish maqsadida Buxoro viloyat tarixchilar ilmiy jamiyatiga murojaat etib bildikki, xuddi shu hududda “Bozori kafsh”, yaʼni oyoq kiyimi bozori boʻlgan, — deydi Buxoro shahridagi 14-sonli oʻrta umumtaʼlim maktabi oʻqituvchisi Madrahim Turdiyev. -Qadimdan Eski shaharda mavjud oʻnlab bozorlar oʻz hammomiga ega boʻlgani bilan ham ahamiyatli.

XIX asr ikkinchi yarmida Buxoro shahrida gavjum savdo rastalari, karvonsaroylarga tutash 18 ta hammom faoliyat yuritgani haqida maʼlumotlar bor. Tabiiyki, “Kafshi olak” ana shunday, tanani poklaydigan manzillardan biri.

Buxoro viloyati hokimligi axborot xizmati.


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.