18 +  RSS  E-mail
14:27, 08 08 2019

Yosh olim Belarus Bioorganik kimyo institutida tadqiqotlar oʻtkazmoqda


Shu kunlarda Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tashabbusi bilan tashkil etilgan  Belarus Respublikasidagi qisqa muddatli ilmiy amaliyot doirasida  mamlakatimizdan 95 nafarga yaqin yosh olimlar Belarus Milliy Fanlar Akademiyasi ilmiy-tadqiqot institutlarida oʻz malakalarini oshirmoqdalar.

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Mikrobiologiya instituti tayanch doktoranti  Yusupov Ulugʻbek Belarus Milliy Fanlar Akademiyasi Bioorganik kimyo institutida  amaliyot oʻtamoqda. U dorivor oʻsimliklardan ajratib olingan endofit zamburugʻlarning  antimikrob hususiyatga ega ikkilamchi metobolitlarining kimyoviy tarkibini yuqori sezuvchanlikka ega zamonaviy analitik jihozlarda oʻrganib, klinik oldi sinovlarini oʻtkazish bilan tanishmoqda.

Belarus Milliy Fanlar Akademiyasi Bioorganik kimyo institutidagi  laboratoriyalarning deyarli barchasi zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan boʻlib, yadro magnit rezonans kabi analitik uskunalar shular jumlasidandir.

Amaliyot davomida toʻplangan koʻnikmalar yosh olimning dissertatsiya mavzusi doirasida turli tabiiy manbalardan biologik faol moddalar izlab topish, hamda ulardan turli dori vositalari uchun farmsubstantsiyalar olish jarayonlarini ishlab chiqishda muhim ahamiyatga ega boʻlishi shubhasiz.

Innovatsion rivojlanish vazirligi matbuot xizmati


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.