18 +  RSS  E-mail
14:30, 08 08 2019

Jinoyat-xiyonat va kechirim soʻrash


Mansabdor shaxs qasamini buzsa, jinoyat va xiyonat qilib xalqdan kechirim soʻrasa, javobgarlikdan ozod qilinadi hamda mansabidan ozod qilinmaydi, degan moddani Jinoyat kodeksiga kiritsa boʻladimi?

Shahlo Djumaniyazova: Bu voqealar rivojiga bogʻliq

…Buning uchun oldin Jinoyat kodeksini oʻzgartirish kerak, kechirim soʻralsa, jinoiy javobgarlikka tortilmaydi deb.

…Oʻzlari shunday deb oʻzgartirguncha kutib turing

Bekzad Azizov: Mayli koʻndirdingiz, benzin mashinaga ishlatib turaman, zoʻr yonadi deganiga 95 olibman.

Shuhrat Mirsaidov: Tuppa-tuzuk uyni buzib, hech qanday jazo olmasa shu adolatdanmi?

Abdumalikov Bahrom: Bizlarda mumkin.

Dilara Nurmuxamedova: Uniyam qilinadi. Siz gʻoya bersangiz boʻldi.

…Bu gʻoya emasmi, yaʼni qonunga zid oʻz harakatini qonuniylashtirish.

Dilara Nurmuxamedova: Xudo xohlasa inobatga olishadi. Biroz kuting.

Shuhrat Mirsaidov: Xudoni bularga ham beradigan jazosi bordir.

…Etimni, kambagʻalni zor yigʻlatgan qonundan qochgani bilan yomon qargʻishga va Ollohning jazosiga baribir duchor boʻladi.

Shuxrat Mirsaidov: Duchor boʻlsin shu muttahamlar.

Bashorat Eshova: Boʻsh daraxtni qurt yeydi. .Andishani oti qoʻrqoq, shuning uchun ham yuqoridagi tekinxoʻrlar qutirishib koʻngliga kelgan ishni qilishyapti. Uylaringni buzishga yoʻl qoʻymanglar, tayoqni qoʻlingizga olib haydanglar!

…: Qonun posbonlari hokim tomonda tursa fuqaroning qoʻlidan ish kelmaydi

Bashorat Eshova: Xalq birlashsa hamma narsani hal qilsa boʻladi.Urganchni oling, shoshib qolishdiku tovon puli ham berishdi.

Shahlo Djumaniyazova: Qonun oldida hamma teng deyishadi, yana bilmadim.

Shuhrat Mirsaidov: Demokratiya Oʻzbekistonga hech qachon yetib kelolmasa ham kerak, dunyoda eng oxirgi 167- oʻrinda ekan.

Bashorat Eshova: Qonun qogʻozda bor, hammaga birdek emas, shuning uchun ham kattalar oʻz bilganini qilishyapti.

Muxammattoxir Nurmatov: Qonun qogʻozda, u esa balandda. Narvoni puldan chiqib yetish uchun.

Shuhrat Mirsaidov: Xalqniyam bardoshi kam qolibdi, shuniyam bilishsa boʻlgani endi. Boshlanishi-ku bittasini yoqdi.

Zuleyxo Ismatullayeva: Koʻzing koʻr boʻlgurlar bu bechora ne mashaqqatlar bilan qurgan.

Amin Aliyev: Nimasini aytasiz, bular yana xukukiy davlat, deb dunyoga jar solib yurishibdi, uyalmay. Rahbarlar uchun Konstitutsiyani, qonunlarni oyoq osti qilish oddiy holatga aylanib borayapti. Umuman boʻlayotgan ishlar xuddi tentaklar, yovvoyilarni ishlariga o’xshaydi. Agarda mana shu hokimlar qilayotgan ishlar biror-bir gʻarb davlatlarida boʻlganida, jazolarning eng kattasi berilardi va uni qayta hech kim koʻrib chiqmasdi. Balki birvarakayiga tegirmonga tiqishardi.

Fazliddin Hakimov: Borib oʻzlarinikini buzib tashlash kerak.

…Unda fuqaro jinoiy javobgarlikka tortiladi.

Usmon Toʻychi: Amaldagi Jinoyat kodeksida men yurist sifatida 30 ga yaqin boʻshliq topdim. Agar shu boʻshliqlar yopilsa, amaldorlar “tirikchiligi” oʻladi, korruptsiyaning oldi olinadi.

Bekzad Azizov: Ularni yopisharmikan?

Usmon Toʻychi: Mansabdorlik jinoyatlari uyushgan holda sodir etilishi oldi olinishi maqsadida jazo koʻrsatilmagan. Oddiy fuqaro uchun esa koʻrsatilgan.

Bekzad Azizov: Tushunarli. Shuning uchun ular bemalol jinoyat qilishaverar ekanda.

Usmon Toʻychi: Otangizga ming rahmat, toʻgʻri tushundingiz. Lekin buni Oliy Majlisga ham yozganman, ular ham biladi, lekin jim…

Sobitxon Joʻrayev: Qoʻshnining uyini buzsa, sen tomosha qil, navbat senga ham yetib kelguncha bitta odamni qoʻlidan hech narsa kelmaydi. Butun mahalla birlashsa, qonun posbonlar qani uy buzish qoʻlidan kelarmikan?

…Mansabparast qoʻshningiz boʻlsa-yu kompensatsiyani imi-jimida kelishib olib, birinchi boʻlib oʻz uyini buza boshlasa. Ular ham bilishadi, xalqni birlashtirmaslik uchun shunaqa buzgʻunchiga bozor qiymatida yashirincha kompensatsiya berishadi.

Kayrat Ali: Buzsa pulini bergandir axir.

…Birinchi buzgan soʻragan kompensatsiyasini toʻliq oladi, qolganlar nomigagina.

“Xalq fikri”dan


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.