18 +  RSS  E-mail
12:50, 07 08 2019

Ohangaronda televizor ishlab chiqariladi!


Ohangaron shahar sanoat hududida “QUALITY DEVICE” MChJ XK tomonidan “Turli assortimentdagi televizorlar ishlab chiqarishni tashkil etish” loyihasi amalga oshirilmoqda. Korxona ishga tushirilishi natijasida Ohangaron shahar aholisi uchun 300 ta yangi ish oʻrinlari yaratiladi.

Loyihaning birinchi bosqichini 2019 yil sentyabr-oktyabr oylarida ishga tushirish rejalashtirilgan. Ikkinchi bosqich esa 2020 yilning 2-choragida toʻliq amalga oshirilishi kutilmoqda. 3 ga yer maydoniga ega korxonada hozirgi kunda 750 ming AQSh dollar investitsiya oʻzlashtirilib, qurilish ishlari amalga oshirilmoqda.

Bugungi kunda korxonada 165 ta yangi ish oʻrinlari yaratilgan boʻlib, ishchi xodimlar “QUALITY DEVICE” MChJ XKning Toshkent shaxrida joylashgan ishlab chiqarish korxonasida ish oʻrganishmoqda.

Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.