18 +  RSS  E-mail
12:41, 07 08 2019

Mol-mulkni sotish uchun


Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi Xorazm viloyati boshqarmasi tomonidan 2019 yil 30 avgust kuni ijro hujjatlariga asosan mol-mulkni sotish uchun savdo tashkilotini tanlash yuzasidan Tanlov oʻtkaziladi:

Tanlovda belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtgan, olti oydan koʻp muddat faoliyat yuritayotgan turgʻun savdo shaxobchasi va NKM mavjud boʻlgan yuridik shaxslar qatnashishi mumkin.

Tanlovda ishtirok etish istagidagi savdo tashkilotlari quyidagi hujjatlarni taqdim etishi lozim.

a) Komissiya nomiga ariza;

b) davlat roʻyxatidan oʻtkazilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma nusxasi;

v) savdo tashkiloti taʼsis hujjatlarining nusxasi;

g) savdo doʻkoniga boʻlgan mulk (ijara) huquqining mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlarning nusxasi;

d) savdo doʻkonining joylashgan joyi toʻgʻrisida maʼlumot, uning qisqacha tavsifnomasi va 10×15 oʻlchamdagi rangli fotosuratlari (joyning atrof koʻrinishi, umumiy tashqi va ichki koʻrinishlari aks ettirilishi kerak);

ye) mol-mulklarning saqlanishi, turkumlanishi, sortlarga ajratilishi va butlanishini taʼminlovchi joy (uskunalarning) qisqacha tavsifnomasi, shuningdek 10×15 oʻlchamdagi rangli fotosuratlari (joyning umumiy tashqi va ichki koʻrinishlari aks ettiriladi);

z) talabgorning majburiyatlardan holi pul mablagʻlari mavjudligi toʻgʻrisida bank maʼlumotnomasi;

i) talabgorga tegishli hamda ijro hujjati boʻyicha mol-mulkni sotishda ishtirok etishi mumkin boʻlgan texnik soz holatdagi transport yoki boshqa texnika vositalariga oid huquqni belgilovchi hujjatlar nusxasi hamda ularning texnik tavsifi;

k) koʻrsatilgan xizmat uchun savdo chegirmasi miqdori (10 foizdan koʻp boʻlmagan);

savdo tashkilotining mol-mulklarni realizatsiya qilish boʻyicha hisobini yuritishga moʻljallangan maxsus dasturiy taʼminotni ishlatish majburiyati.

Alohida turdagi faoliyatni amalga oshirish uchun ruxsatnoma yoki litsenziya talab qilinadigan hollarda, ularning nusxasi ham taqdim etiladi.

Arizalarni qabul qilish joyi Majburiy ijro byurosi Xorazm viloyati boshqarmasi binosi Urganch shahar, Al-Xorazmiy koʻchasi, 53-uy.

Tanlov Majburiy ijro byurosi Xorazm viloyati boshqarmasi binosida 2019 yil 30 avgust kuni boʻlib oʻtadi.

Arizalar qabul qilinishi tanlovga 10 kun qolganda toʻxtatiladi.

Hurmatli savdo tashkilotlari va uning vakillari !

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, davlat Raqobat qoʻmitasining 2018 yil 25 maydagi 29-q va 01/15-10/12-son qarori bilan tasdiqlangan hamda Adliya vazirligidan roʻyxatdan oʻtgan “Ijro hujjatlari boʻyicha mol-mulkni sotish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom talablariga muvofiq, ijro hujjatlariga asosan mol-mulkni sotish boʻyicha savdo tashkilotlari oʻrtasida tanlov oʻtkazish belgilangan.

Bunda, savdo tashkilotlarini aniqlash tashkil etilgan tanlov komissiyasi asosida amalga oshiriladi.

Tanlovda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtgan, turgʻun savdo shahobchasi mavjud yuridik shaxslar qatnashishlari mumkin.

Komissiya tanlov boshlanishidan kamida 30 kun oldin ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan Internet tarmogʻida tanlov oʻtkazish toʻgʻrisida eʼlon berishlik koʻrsatilgan.

Tanlov Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining Xorazm viloyati boshqarmasida 2019 yil 30 avgust kuni oʻtkaziladi.

Savdo tashkilotlaridan arizalarni qabul qilish 2018 yil 20 avgust kuniga qadar amalga oshiriladi.

Tanlov gʻoliblarini aniqlash ikki bosqichda amalga oshiriladi.

Tanlov haqida batafsil maʼlumot Byuroning Mib.uz sayti hamda hududiy boshqarmalaridan olish mumkin: Maʼlumot uchun: Byuroning Xorazm viloyati boshqarmasi (0362) 224-65-72, (0362) 224-76-06 raqamlariga qoʻngʻiroq qilishingiz mumkin.


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.