18 +  RSS  E-mail
15:02, 06 08 2019

Vazirlar bilishadimi? Biz “oldinda”


“Oldinda”

Yevropada inflyatsiya 0 foiz, bizda 14 foiz.

Yevropada qayta moliyalash stavkasi 0 foiz, bizda 16 foiz.

Yevropada ipoteka krediti 1-3 foiz, bizda 32-36 foiz.

Amerikada er-xotin deklaratsiya topshirsa, oyiga 1083 dollargacha daromad soligʻi ushlanmaydi, bizda 12 foiz.

“Orqada”

Amerikada oʻrtacha oylik 3820 dollar, bizning viloyatlarda 70-150 dollar atrofida.

Amerikada daromad soligʻi 9075 dollargacha 10 foiz, 36900 dollargacha 15 foiz, 89350 dollargacha 25 foiz, 406750 dollargacha 35 foiz, bizda boy-u kam taʼminlanganga 12 foiz.

“Teng”

Amerikaning asosiy shtatlarida benzin 47-58 tsent, bizda hozircha 42 va 52 tsent.

Bexzod Azamat: Ularda aql boʻlsa har gapida Yevropada unaqa bizda bunaqa, deb bahona qilishmasdi iqtisodni «bir tiyin» qilib qoʻyishgandan keyin…..

Shaxlo Djumaniyazova: Ularda oylik asosan xalqqa qolarkan-da.

Muxayyo Nabiyeva: Yevropa va Amerika Oʻzbekistondan oʻrganishi kerak xalqni qanaqa sogʻishni. Nima boʻlgandayam ular juda orqada qolib ketishgan bu borada…

Muxtor Rajabov: Tosh bilan kesakni solishtirgandek gap.

Dilshod Ganiyev: Qoʻchqorov oʻqiyotganmikan shuni.

… Keraksiz maʼlumotlar bilan bosh toʻlgan, bularni hazm qila olmaydi.

Baxrom Baytayev: Chunki oldin xalq boshini koʻtarmasdi, narxlar buncha koʻtarilmasdi, lekin xozir judayam koʻtarilmoqda.

…Kommunal toʻlovlar va benzin narxini oshirguncha, yuz millionlab, milliardlab daromad qilayotganlarga 25-35 foizli daromad soligʻi joriy etilsa, byudjet toʻlardi. 

Tohirjon Alimov: Ular kallani ishlatib, odam ishlatib daromad qilyapti, gʻiybat qilib emas.

Nuriddin Togoyev: Nega endi Amerika bilan solishtirasiz, bizni Venesuela bilan solishtiring. Biz hamisha oldinda.

Jasur Kamolov: Eeee, Venesuelaga solishtiring, dunyoda bizdan odamlarning turmush tarzi yuqori boʻlgan davlatlarni bizning rahbarlar bilishmaydi.Menimcha rahbarlikka geografiyani yaxshi oʻqimagan odamlar tanlab olinsa kerak…

Gapparov Kodirjon: Hech kimga bermaymiz Oʻzbekistonni! Hadeb noshukurlik qilavermaylik, yana ertaga xudo saqlasin qama-qama, ushla-ushla boshlanib ketmasin.

Akramjon Tuxtaboyev: Oxirgi haftada mashhur boʻlgan vazirlarimizni oʻrniga sizga oʻxshagan tahlilchi, savodi joyida odamlar qoʻyilsa, xalq osonroq yashardi.

Muzaffar Saidoripov: Afsuski, savodi joyida, bu lavozimga loyiq odamlarni hammasi chet elga ketib kolgan…

Rasulbek Olloyorov: Shuncha xalqni noroziligiga uchragan Qoʻchqorov uyalmaydimikan,

qancha odamlar tupiryapti, qanchasi qargʻayapti soʻkyapdi, shaʼniga eng jirkanch gaplar yozilyapti naxotki uyalmasa, bola-chaqasi bordir shu bolalari oldida, mahallasi oldida, qoʻni-qoʻshni, qarindosh-urugʻ deganday…, axir shuncha gapni eshak eshitsa yorilib oʻlar edi.

Nodira Karimova: Chunki terisi …nikidanam qalin.

Amin Aliyev: Balki Qoʻchqorov eshitib menga baribir, deb oʻtirgandir. Lekin u oʻzidan oʻtganini oʻzi bilayotgandir.

… Chet elda oʻqigan boʻlsa, oʻz yurtingning iqtisodiyotini rasvo qil deb oʻrgatishmagandir.

Shaxnoza Israilova: Aytib boʻlmaydi.

Amin Aliyev: Balki yurtingni iqtisodini rasvo qilasan, deb topshiriq bilan yuborishgandir.

Ramzes Mengliyev: Abu Rayxon Beruniy aytgan oʻsha tarafda qandaydir quruqlik orol bor, mana shu orolni valyutasi bor, 250  yil boʻlgan tashkil topganiga.

Shaxlo Djumaniyazova: Benzin narxi Amerika bilan teng ekan, yana nimaga benzin narxini oshirishmoqchi??? 

Alisher Mirzayev: Jim, choʻntagiga tushadiganini oshirib yulib oladi.

Aziza Tashpulatova: Hozirgi rahbarlarning bilimi xalqning bilimidan ancha sayoz. Rahbarlikka shunaqalar kerak.

Ulan Xiyol: Bizda oʻmaruvchi, talonchi, olib sotarlar va poraxoʻrlar uchun dunyoning hech bir yurtida yoʻq imtiyozlar yaratilgan. Oddiy ishlab chiqaruvchi esa ming bir gʻurbatga mubtalo qilingan.

Sherali Dusanov: Bizga juda oʻta kuchli kallali rahbarlar kerak. Iqtisodimizni tiklash uchun.

Alisher Mirzayev: Ha, Karimovga oʻxshagan kallali odam kerak.

Azimjon Umarov: Ha narxlar bir xil, yaʼni rivojlangan mamlakatlarga yetib qoldik.

Nodir Dadamatov: Amerikada har bir shahar gubernatori (hokim) oʻzini xalqini sevadi, himoya qiladi. Bizlarni hokimlar esa oʻzini xalqi bilan urushib yuradi.

Maqsud Bayjanov: Buni bilishni xohlamaydilar ham.

Abdukadыr Sabirov: Oʻzbekistonda 1917 yildan beri infilyatsiya.

Mehru Nisa Azim: Ofarin rosa boplabsiz, moliya vazirligidagi ikkichilar koʻrsa edi shuni.

Bobomurod DJurayev: Tinchlik boʻlsin, narxlar ham bir gap boʻlar.

Miromil Fayziyev: Xalqdan undirishda Yevropaga taqliq qilamiz, xalqqa berishda Venesuelachalik emasligimizga shukur qilamiz.

Majit Rambergenov: Hamma bir boʻlsak, narxlar tushadi …

Amin Aliyev: Qaysi goʻrdan chiqdi bu Siti degani. Boshga balo boʻldi-ku, bu Sitilar. Oʻzbekga kim qoʻyibdi sitibozlikni, oldin xalqni qornini toʻygʻazish kerak.

Djamal Yakubov: Qozogʻistonda ishlamaganga minimal pensiya 40000 tanga — 1 mln soʻm, eng kam pensiya miqdori 275$ — 2300000 soʻm.  Amerikani emas… shu yon qoʻshnimizday qilib berishsin Moliya vazirimiz… iltimos!

Amin Aliyev: Bular oʻz xalqiga yaxshi maosh berish pulni suvga oqizib yuborish, deb tasavvur kiladi.

Sarvar Farmonov: Qani shuni vazirlik bilsa, biladi, lekin tan olmasa kerak.

Abduxamid Pardayev: Bizdagi vazirlarimiz pora olishdan boshqasiga yaramaydi. Bor haqiqat ana shu. Shuning uchun ham oʻzbek xalqi kun sayin qashshoqlashib bormoqda. Poraxurlik avj olgan davlatda — rivojlanishni oʻylamasa ham boʻlaveradi. Afsus.

Alisher Xayidbayev: Inflyatsiya pasportiga nomzod yoshda.

Axrorjon Xatamov: Hurmatli iqtisodchilarimiz (yaʼni masʼullar) bu holatlarni yaxshilab oʻrganib, tahlil qilib bu postga javob bersalar maqsadga muvofik boʻlardi. .

Guzal Alimova: Qani chet ellar bilan solishtiradigan aqlli bir solishtirib yuborsinlar bularniyam…

Sherali Norov:  Jarimalarni andozasi Yevropadan olindi-da.

“Xalq fikri”dan


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.