18 +  RSS  E-mail
14:57, 06 08 2019

Namangan viloyatida ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish


Pensiya jamgʻarmasi tuman (shahar) boʻlimlari hisobida turuvchi 280 208 nafar pensiya va ijtimoiy nafaqa oluvchilarning pensiya va ijtimoiy nafaqalarining miqdori 1,1 baravarga oshirilib, avgust oyi uchun 163,3 mlrd soʻm miqdoridagi mablagʻ uchun talabnoma shakllantirildi.

Mazkur Farmonning 3-bandi ijrosi doirasida 3 921 nafar II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar pensiyasining eng kam miqdori hozirgi yoshga doir eng kam pensiyaning 50 foizidan 75 foiziga oshirilib, jami 356,9 mln soʻm;

— 16 nafar II guruh nogironligi boʻlgan yolgʻiz shaxslarning pensiyasiga ustama miqdori hozirgi eng kam ish haqining 50 foizidan 75 foiziga oshirilib, jami 892 ming soʻm;

— 2 685 nafar boquvchisini yoʻqotganlik nafaqasi miqdori mehnatga layoqatsiz oila aʼzolari soniga amaldagi foizlar nisbati saqlangan holda yoshga doir pensiyaning eng kam miqdoridan kelib chiqib belgilangan holda jami 289,9 mln soʻm mablagʻ qoʻshildi.

— Farmonning 4-bandi ijrosi doirasida esa jami 1 763 nafar, shu jumladan, 221 nafar I guruh nogironlik nafaqasi oluvchi hamda 1 542 nafar 16 yoshdan yuqori boʻlgan bolalikdan I guruh nogironlik nafaqasi oluvchilarga eng kam ish haqining 25 foizi, yaʼni 55 750 soʻm miqdorda har oylik qoʻshimcha toʻlovlar joriy qilinishi natijasida jami 98,3 mln soʻm mablagʻ qoʻshildi.

Joriy yilning avgust oyidan boshlab qayta hisoblangan yangi miqdorda pensiya va nafaqalar toʻlovi uchun roʻyxatlar tayyorlanib, Xalq banki filiallariga oʻz vaqtida taqdim etildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi  huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi  Namangan viloyat boshqarmasi


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.