18 +  RSS  E-mail
14:59, 06 08 2019

Imom Buxoriy majmuasi yaqinida 4 yulduzli mehmonxona qurilishiga tamal toshi qoʻyildi


Amerikaning “GMFR AL-BUKHARIY” kompaniyasi Prezidenti Dilyaver Gulyam Imom Buxoriy majmua hududida 4 yulduzli mehmonxona qurilishiga start berilishi hamda tamal toshi qoʻyish marosimini ochish uchun Samarqandga tashrif buyurdi.

Mehmonxona 3 qavatli, 100 oʻrinli xonadan iborat boʻladi. U xalqaro halol standarti asosida quriladi.

Bundan tashqari, mehmonxonada restoran, bar va konferentsiya zali boʻladi.  Tamal toshini qoʻyish marosimida viloyat va tuman hokimligi, “GMFR AL-BUKHARIY” kompaniyasi va Payariq tuman nuroniylari ishtirok etishdi.

Tadbirda soʻz olgan Dilyaver Gulyam barchani qoʻllab-quvvatlagani uchun minnatdorchilik bildirib, uning ota-bobolari aynan shu zaminda yashaganligi sababli, u bu yerda mehmonxona qurishdan juda baxtiyorligini bildirdi.

Samarqand viloyati hokimligi matbuot xizmati.


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.