18 +  RSS  E-mail
13:58, 02 08 2019

Qashqadaryoda ilk bor koʻz kasalliklarini davolashda tomografiya apparati hindistonlik hamkorlar tomonidan oʻrnatildi


Qashqadaryo viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasiga qarashli  viloyat koʻz kasalliklari shifoxonasi uchun viloyat hokimi Z.Ruziyev tashabbusi bilan 1,1 mlrd. soʻm moddiy texnik bazasini rivojlantirish uchun ajratilgan boʻlib tomografiya, fako emulsifikator  va lazer apparatlari sotib olish rejalashtirilgan.

Kecha tomografiya hindistonlik hamkorlar tomonidan kelib oʻrnatildi va bemorlarga birinchi asoslangan tomografik tashxis qoʻyildi.

Davlat tibbiyot muassasalari ichida  mazkur tomografiya apparati faqat Toshkent shahrida va Qashqadaryo viloyatida mavjud, bu oʻz oʻrnida bemorlarni toʻliq tekshiruvdan oʻtkazadi va asosli tashxislaydi.

Ayniqsa koʻz kasalliklari boʻyicha nogironlik guruhlariga chiqishda asosli tashxis qoʻyadi, chunki koʻz tubini toʻliq koʻrsatib beradi

Qashqadaryo viloyati hokimligi  axborot xizmati


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.