18 +  RSS  E-mail
14:00, 02 08 2019

Ohangaronda yangi korxona ishga tushadi


Ohangaron shahri sanoat hududida «Run tong metall industrial» MChJ XK faoliyat boshlashi kutilmoqda. «Jiangsu Huai Ye technology Development Co.Ltd» (Xitoy) tomonidan 2019 yil sentyabr oyida ishga tushirilishi rejalashtirilayotgan korxona energiyatejamkor texnologiyalar asosida yiliga 180 ming tonna armatura ishlab chiqarish quvvatiga ega boʻladi.

Ayni damda korxonada qurilish ishlari jadal amalga oshirilmoqda. Loyiha ishga tushirilishi natijasida Ohangaron shahri aholisi uchun 300 ta yangi ish oʻrinlari yaratiladi.

Hozirgi kunda korxona tomonidan 38 mln. dollarga yaqin xorijiy investitsiya oʻzlashtirilmoqda.

Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati.


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.