18 +  RSS  E-mail
12:44, 31 07 2019

Aholi qamrovi kengaymoqda


Namangan viloyati Norin tumani aholisi uchun navbatdagi zamonaviy va har tomonlama qulay Davlat xizmatlari markazi binosi foydalanishga topshirildi.

Mazkur DXM “Obod markaz” dasturi doirasida qurildi. Bugungi kunda mamlakatimizda 100 dan ortiq shunday zamonaviy markazlar barpo etilmoqda.

DXM yangi binosi umumiy hisobda 1150 m2 foydalanish maydoniga ega boʻlib, tumanda istiqomat qilayotgan fuqarolarga sifatli va tezkor xizmat koʻrsatish uchun zamonaviy sharoitlarga ega.

Bu yerda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq qabulxonasi”, Bosh vazir qabulxonasi, notarius, jami 80 dan ziyod davlat xizmatlari koʻrsatish faoliyatlari mujassamlashgan.

DXM binosida fuqarolar uchun qulay boʻlgan kutish zallari, ona va bola xonasi, tibbiyot xonasi, kutubxona hamda kafe kabi qulayliklar yaratilgan.

Davlat xizmatlari agentligi fuqarolarga qulayliklar yaratish yoʻlidagi ishlarini davom ettirmoqda.

Namangan viloyati hokimligi axborot xizmati.


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.