18 +  RSS  E-mail
13:39, 26 07 2019

Turizmni rivojlantirish Davlat qoʻmitasi raisi maslahatchisi Jizzaxning turizm imkoniyatlari bilan tanishdi


Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish Davlat qoʻmitasi raisi maslahatchisi Sodiq Badak Aydar-Arnasoy koʻllar tizimining Arnasoy tumaniga tutash hududidagi turistik salohiyat va koʻl atrofida turizmni rivojlantirish choralarini koʻrish boʻyicha oʻrganishlar olib bordi.

Tashrif davomida Aydarkoʻl qirgʻoqlaridagi hududning ekologik xolatini va u yerdagi infratuzilmalarni birma-bir oʻrganib chiqib, viloyat hududidan oʻtgan M-39 avtomagistral yoʻlidan har kuni oʻtuvchi minglab xorijiy va mahalliy sayyohlarni ushbu hududga jalb qilish boʻyicha bir qancha takliflarni bildirdi.

Shuningdek, Sodiq Badak jurnalistlar bilan viloyatning turizm imkoniyatlari va istiqbollari haqida suhbatlashdi.

Jizzax viloyati turizmni rivojlantirish hududiy boshqarmasi


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.