18 +  RSS  E-mail
13:41, 26 07 2019

Qarshi shahrining 60 mingdan ortiq aholi isteʼmolchilarining elektr hisoblagichlari toʻliq bepul almashtiriladi.


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 23 oktyabrdagi “Elektr energetikasi tarmogʻini jadal rivojlantirish va moliyaviy barqarorligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-3981-sonli qaroriga asosan 2019 yilda Qarshi shahar xududidagi 60 mingdan ortiq aholi isteʼmolchilarini Elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimiga (ASKUE ruschada) oʻtish boʻyicha choralar koʻrilmoqda. Bu haqida “Afsona” mehmonxonasining konferentsiyalar zalida “Qashqadaryo hududiy elektr tarmoqlari” aktsiyadorlik jamiyati va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 martdagi “Oʻzbekiston Respublikasida elektr energetika tarmogʻini yanada rivojlantirish va isloh qilish strategiyasi toʻgʻrisida”gi 4249-sonli qarori mohiyati hamda “Qashqadaryo hududiy elektr tarmoqlari” aktsiyadorlik jamiyati tomonidan elektr taʼminotini yanada yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar” mavzusida oʻtkazilgan matbuot anjumanida maʼlum qilindi.

“Oʻzbekenergo” AJ quyidagilar orqali Elektr energetika tarmogʻining ishonchli faoliyat yuritishini taʼminlamasdan turib iqtisodiyot tarmoqlari va mamlakat hududlarining sanoat salohiyatini oshirish, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni ragʻbatlantirish, aholi farovonligini yuksaltirish va hayot sifatini yaxshilashga erishib boʻlmaydi.

Zamonaviy sharoitlarda elektr energetika tarmogʻida raqobat muhitini rivojlantirish va investitsiyalarni jalb qilish elektr energiyasini ishlab chiqarish va yetkazib berish sohasidagi faoliyatning institutsional va tashkiliy-huquqiy asoslarini tubdan takomillashtirish zarurligini taqozo etmoqda.

2019-2021 yillarda elektr energetika tarmogʻi raqamlashtiriladi.

Qarorga muvofiq 2020−2030 yillarda mamlakatning yoqilgʻi-energetika taʼminoti kontseptsiyasi ishlab chiqiladi.

Energetika vazirligining “Qishloqenergoloyiha” AJ negizida 0,4 kVdan 500 kVgacha kuchlanishli barcha tipdagi elektr tarmoqlarini loyihalashtiradigan “Oʻzenergoinjinering” AJ loyiha tashkiloti tashkil etildi.

2019 yil 1 iyuldan:

quvvati 10 MVtdan koʻproq energiya isteʼmol qiladigan korxonalarni qurish va yer maydonlari ajratish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingunga qadar respublika hududlarida joylashtirish Energetika vazirligi bilan kelishgan holda amalga oshiriladi;

xususiy ishlab chiqaruvchilardan elektr energiyani xarid qilish tanlov asosida hosil qilinayotgan elektr energiyaning maksimal qiymati koʻrsatilgan holda amalga oshiriladi.

“Qashqadaryo hududiy elektr tarmoqlari” aktsiyadorlik jamiyati tomonidan isteʼmolchilarning elektr taʼminotini yanada yaxshilashga qaratilgan qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 13-14 dekabrdagi tashrifi davomida berilgan topshiriqlar va kengaytirilgan tarzda oʻtkazilgan “Qashqadaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishdagi mavjud muammolar va ularni hal etish yuzasidan amalga oshirilishi zarur boʻlgan chora tadbirlar toʻgʻrisida”gi yigʻilish bayonining 90-bandida belgilangan jami 730 km elektr tarmoqlari va 230 dona transformator punktlari rekonstruktsiya va modernizatsiya qilinishi va 1960 km uzunlikdagi  elektr tarmoqlari va 655 dona transformator punktlarini mukammal taʼmirlanishi rejalashtirilgan boʻlib xozirgi kunda 426,2 km elektr tarmoqlari va 151 dona transformator punktlari rekonstruktsiya va modernizatsiya qilindi, 1565,5 km uzunlikdagi  elektr tarmoqlari va 521 dona transformator punktlarini  mukammal taʼmirlandi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 23 noyabrdagi “2017-2021 yillarga moʻljallangan past kuchlanishli elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish va yangilash dasturi toʻgʻrisida”gi PQ-2661-son Qaroriga asosan 128,1 km  uzunlikdagi past kuchlanishli elektr tarmoqlari va 73 dona  transformator punktida yangi qurilish va rekonstruktsiya ishlari bajarildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 29 martdagi “Obod qishloq” dasturi toʻgʻrisidagi PF-5386-son Farmoni hamda 2019 yil 20 fevraldagi ““Obod qishloq” dasturini 2019 yilda amalga oshirish boʻyicha  qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4201-sonli Qaroriga asosan  282,9 km uzunlikdagi elektr uzatish tarmoqlari va 53 dona transformator punktida yangi qurilish va rekonstruktsiya ishlari bajarildi. Shuningdek, 406,4 km tarmoqlar va 220 dona transformator punkti mukammal taʼmirlandi.

Xuddi shunday Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil  27 iyundagi ““Obod mahalla” dasturining asosiy parametrlarini tasdiqlash va ularning ijrosini taʼminlash masalalari toʻgʻrisida”gi PQ-3812-son Qaroriga asosan 7,4 km uzunlikdagi elektr uzatish tarmoqlari va 3 dona transformator punktida yangi qurilish va rekonstruktsiya ishlari bajarildi. 22,3 km elektr uzatish tarmoqlari va 20 dona transformator punktlari mukammal taʼmirlandi.

Qashqadaryo viloyatida qurilayotgan namunaviy uy-joylar, xokimiyat rahbarlari xizmat uylari, profilaktika inspektorlari, Milliy gvardiya xodimlari va IIV xizmat uylari hamda yosh oilalar uchun uylar va shaharlardagi arzonlashtirilgan koʻp qavatli uy-joylar elektr taʼminoti uchun jami 7,7 km elektr uzatish tarmoqlari va 22 dona transformator punkti yangidan qurildi.

Iqtisodiyot tarmoqlari, uy-joy fondi va ijtimoiy soha muassasalarini 2019/2020 yillarda kuz-qish mavsumida barqaror ishlashiga tayyorlash yuzasidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan 1565,5 km uzunlikdagi 0,4-110 kV elektr uzatish tarmoqlari  va 521 dona transformator punkti  mukammal taʼmirlandi.

Shuningdek, jamiyat tomonidan elektr energetikasi sohasidagi islohotlarning mazmun-mohiyatini aholiga keng tushuntirish va targʻibot qilish hamda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ommaviy axborot vositalari orqali doimiy chiqishlar tashkil qilinmoqda.

Oʻtkazilgan matbuot anjumani jarayonida jurnalistlar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga yetarlicha javoblar  olishdi.

Qashqadaryo viloyat hokimligi axborot xizmati.

Murod Komilov olgan surat.


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.