18 +  RSS  E-mail
12:02, 25 07 2019

Jizzax viloyatida 514 nafar bolaning tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomalari boʻlmagan


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 iyunda «Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida» gi qarori eʼlon qilindi.

Unga koʻra 2018 yilning 1 iyulidan joriy yilning 1 iyuliga qadar FHDYo tizimida “Bironta ham bola qayd etilmasdan qolishi mumkin emas” degan ezgu gʻoyalar asosida qayd etilmagan tugʻilganlik, oʻlim holatlarini aniqlash, shaʼriy nikohda yashab yurgan oilalarning nikohini qonuniylashtirish borasida aktsiya boʻlib oʻtdi.

Butun respublika boʻyicha olib borilgan ushbu aktsiyada FHDYo boʻlimi xodimlari chekka-chekka qishloq, mahallalarga borgan xolatda fuqarolar bilan uchrashuvlar, targʻibot ishlari, sayyor qabullar tashkil etib, arizalar oldilar.

Bunda ularga Davlat xizmatlari markazi xodimlari beminnat yordam koʻrsatishdi. Xotin-qizlar qoʻmitasi vakillari, mahalla raislari, hokimlikning mutassadilari ham bu ishga jalb etildi.

Oilaviy sharoiti tangligi bois moddiy yordamga ehtiyoji bor, boquvchisi yoʻq, ijtimoiy ximoyaga muhtoj xonadonlarga FHDYo boʻlimi xodimlari toʻlov masalasida oʻzlari yordam koʻrsatishdi.

Eng achinarli tomoni, targʻibot tadbirlarida 15-16 yoshdagi maktab oʻquvchilarning tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomalari qayd etilmagan.

Raqamlarga eʼtibor beradigan boʻlsak, aktsiya doirasida FHDYo xodimlari tomonidan Jizzax viloyati boʻyicha jami 1206 ta holat aniqlandi. Shundan 836 tasi ijobiy hal etilib, qonuniylashtirildi. Buni qarangki, 514 tasi tugʻilish boʻlsa, 297 tasi nikoh, 25 tasi ajrim bilan bogʻliq.

Bunday aktsiyalarning oʻtkazilishi aholining toʻplanib qolgan, koʻp yillardan buyon hal etilmayotgan muammolarini bartaraf etilishiga asos boʻlmoqda.

Elyor URDUShEV,

DXA viloyat boshqarmasi maʼsul xodimi


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.