18 +  RSS  E-mail
13:19, 19 07 2019

Rossiyaning “Tatneft” kompaniyasi Oʻzbekistondagi ilk AYoQShni ishga tushirdi


Rossiyaning “Tatneft” kompaniyasi Oʻzbekistondagi ilk avtomobillarga yonilgʻi quyish shoxobchasini ishga tushirdi.

Toshkent viloyatining Oʻrta Chirchiq tumanida, Toshkent — Nurafshon yoʻlida bunyod etilgan mazkur AYoQSh foydalanishga topshirilishi munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda viloyat va Nurafshon shahar hokimligi, “Tatneft” kompaniyasi masʼullari, jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Kompaniyaning mamlakatdagi ilk shoxobchasida “TANEKO” aktsiyadorlik jamiyati tomonidan ishlab chiqarilgan “Ai-95”, “Ai-92” rusumli avtobenzinlar va dizel yonilgʻisi, Oʻzbekiston neftni qayta ishlash zavodlarida ishlab chiqarilgan “Ai-80” rusumli avtobenzin, shuningdek, metan mahsulotini sotish rejalashtirilmoqda.

Haydovchi va yoʻlovchilarga qoʻshimcha qulaylik yaratish maqsadida zamonaviy kutish zali, savdo markazi qurilib, avtomobillarni yuvish, shinalarini damlash uchun avtomatlashtirilgan texnologik qurilma oʻrnatilgan.

“Tatneft” kompaniyasi kelgusida mamlakatdagi chakana savdo tarmogʻini kengaytirishni rejalashtirmoqda. Barcha tarmoqlar Rossiyadagi yetakchi kompaniyalar, jumladan, “TANEKO” neftni qayta ishlash kompleksining yuqori sifatli yonilgʻisi bilan taʼminlanadi.

Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati.


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.