18 +  RSS  E-mail
13:21, 19 07 2019

Korruptsiya gazak olmasligi uchun


Har yili sud’yaning chiqargan hukmlari jamoatchilik oʻrtasida oʻrganilib, noqonuniyligi  uchun 3 ta hukmi qisman oʻzgartirilgan yoki bekor qilingan boʻlsa, nafaqat sud’ya, balki advokat boʻlish huquqidan ham umrbod mahrum qilish jazosini qoʻllash natija berarmikan?

Abidov Ozad: Judayam zoʻr boʻlardi, lekin buning uchun qonunlarni oʻzgartirish kerak, yaʼni xalqni oʻzi buni xohlashi kerak!

Akramjon Yakubov: Toʻppa-toʻgʻri! Meni boshimdan oʻtdi. Fargʻona viloyati Iqtisodiy sudi raisi koʻra-bila sud jarayonini protokolini guvohlarni koʻrgazmalarini oʻzgartirib, notoʻgʻri qaror berdi. Respublika Oliy sudi Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlovda haqiqat qaror topdi. Ammo meni ovoralar qilib, kasal qilgan sud raisi hanuz gʻoʻddayib semirib, kerilib, kekirib ayshini surib joyida oʻtiribdi.

…Sud’yalar Oliy kengashiga viloyat iqtisodiy sudi raisi ustidan qasamini buzib,odob-axloq kodeksiga zid ish koʻrganligi uchun chora koʻring, deb shikoyat bering. http://www.sudyalaroliykengashi.uz/uz

Urinboy Abdullayev: Prezident nimadir qilishi kerak sud’yalar halol ishlashi uchun.

Raʼno Ibragimova: Qonunni tan olmagan, ishdan haydalganga qanaqa qilib himoyani ishonamiz? Advokat bizni himoya qiladigan chegarachiday boʻlsa…

Rustambek Togayev: Toʻppa-toʻgʻri ish beradi. Orqasiga tepib, umrbod qoʻliga belkurak berib, Siti qurishga badargʻa qilish kerak.

… Yoki supurgi berib, koʻchalarni obodonlashtirishga yuborish kerak. Davlatga ham, xalqqa ham foydasi tegardi

Rustambek Togayev: U ham maʼqul.

Azizbek Musaohunov: Aka, paxta terimi esdan chiqmasin.

…Xalqning koʻz oldida yurgani maʼqul, yana ayrim deputatlarga oʻxshab paxta dalasida pinakka ketib qolishi mumkin.

Raʼno Ibragimova: Menga qolsa qupol boʻlsa ham aytaman: xojatxonaga kassaga qoʻyardim, ming soʻmdan olib, qulupnay qogʻoz berib oʻtirsin.

Antikorruptsiya”dan

Shaxlo Djumaniyazova: Noqonuniy hukm chiqargan sud’yaga tepki u yoqda tursin, dakki ham berib boʻlmaydi.

Tuxsinov Sharobidin: Gollandiyalik rassom Gerard Davidning “Sotqin sud’yaning terisini shilish” asaridan.

“Xalq nazorati”dan


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.