18 +  RSS  E-mail
13:14, 19 07 2019

Jizzaxda soliq va kommunal toʻlovlardagi oʻzgarishlar deputatlar ishtirokida aholiga yetkazilmoqda


Jizzax viloyatida Oliy Majlis Senati aʼzolari va Qonunchilik palatasi deputatlarining saylovchilar bilan uchrashuvlari tashkil etildi. Unda soliq va kommunal toʻlovlar tariflaridagi oʻzgarishlarni keng aholi qatlamiga yetkazish, isteʼmolchilik madaniyatini oshirish, soliq va kommunal toʻlovlarni oʻz muddatida toʻlashning ahamiyati haqida soʻz bordi.

Prezident Sh.Mirziyoyev rahbarligida 2019 yil 5 iyul kuni kengaytirilgan tarzda oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishi bayonida berilgan topshiriqlar yuzasidan 2019 yilning 17-19 iyul kunlariga moʻljallangan reja grafigi asosida Oliy Majlis Senati aʼzolari va Qonunchilik palatasi deputatlari Nodir Rajabov, Zulayho Akramovalarning saylovchilar bilan uchrashuvlari oʻtkazildi.

Shunday uchrashuvlarning dastlabkisi Baxmal, Gʻallaorol, Forish tumanlari va Jizzax shahar hokimliklarida oʻtkazildi.

Yigʻilishda viloyat davlat soliq boshqarmasi mutasaddilari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 iyundagi “Soliq va bojxona imtiyozlari berilishini yanada tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5755-sonli farmoni mazmun-mohiyati yuzasidan soliq toʻlovchilarga tushunchalar berdi. Ishtirokchilarni farmonning mazmun-mohiyati bilan batafsil tanishtirdi.

Ayni paytda barcha tumanlarda bu kabi uchrashuvlar tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Jizzax viloyati hokimligi axborot xizmati.


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.