18 +  RSS  E-mail
13:12, 19 07 2019

Buxoroda qovun sayli boʻlib oʻtadi


Koʻhna va hamisha navqiron Buxoro qadim zamonlardan savdo chorrahasi, madaniyat va maʼrifat oʻchogʻi sanalib kelgan. Keyingi paytlarda esa Buxoroning noyob tarixiy obidalari, ziyoratgohlari bilan bir qatorda mevali bogʻlari, polizlari, mazali taomlari, yaʼni mavjud gastronomik imkoniyatlari bilan ham tobora chet ellik sayyohlar diqqatini oʻziga tortmoqda. Ana shundan kelib chiqib, joriy yilning 20-22 iyul kunlari Buxoro shahrida anʼanaviy qovun sayli oʻtkaziladi.

1996 yildan beri tashkil etib kelinayotgan, maqsadi asosan Buxoro qovunlarini yetishtirishni qayta tiklashga va yangi navlarini kashf etishga qaratilgan festivalda «Amiri», «Barginay», «Boʻrikalla», «Gulobi», «Koʻkcha» «Sherozi» kabi navlar yetishtirish boʻyicha usta dehqonlar ishtirok etadilar.

Abu Ali Ibn Sino nomidagi favvoralar maydoni hududida boʻlib oʻtadigan tadbirda maxsus kontsert dasturlari ham namoyish etiladi.

Tadbir soʻnggida esa tanlov gʻoliblari aniqlanib, ularga turli qimmatbaho sovgʻalar taqdim etiladi.

Buxoro viloyati hokimligi axborot xizmati.


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.