18 +  RSS  E-mail
13:17, 12 07 2019

Qomatidan akasi aylansino-aylansin!


Qomatini suratga olib, ijtimoiy tarmoqda koʻz-koʻz qilishi balkim yaxshidur, lekin tuxum barak pishirishi, tandirda somsa-non yopishini koʻrsatsa ham arzirdur.

Shaxlo Djumaniyazova: Tuxum barak pishirib bermasa, qomati 90-60-90 boʻlsa ham eri qiyo boqmaydi.

Adham Qilichev: Yengil tabiat odamlar koʻpayib ketyapti… Bularning oxiri voy… astaxfirulloh

Mamura Moʻminovna: Bu ham novvoy noni-ku, oʻzimizni tandir noni emas-ku.

…Tandirda non yopadigan qizlar anqoning urugʻi boʻlib ketgan.

Mamura Moʻminovna: Karaxtoy, Xuda mahalla, Angor, Uyshun degan qishloqlarga keling, qizlarini tandirla non yopishini koʻramiz, sanʼat asari deysiz, ishonavering.

Arif Isakdjanov: u yerlarga internet bormagan boʻlsa kerak-da.

Mamura Moʻminovna: Nega bormagan, borgan. Qishloq desa juda qoloq, ibtidoiy jamoadan qolgan deb oʻylamang. Hozirda internet bormagan joyni oʻzi yoʻq.

Alisher Xolmoʻminov: Shunday qomatlar borki, ular uzun koʻylak va lozim ichida faqat turmush oʻrtogʻi koʻradi, ular jannati ayollar.

Ulugʻbek Sayfiyev: Qomatini koʻz-koʻz qiladigan ayollar va qizlar urgʻochi shaytonlar. Otasining nomusi yoʻq, akasining ori yoʻq. Bek koʻrmagan ojizalar.

Shaxlo Djumaniyazova: Qomat oʻtkinchidur, hunar esa abadiy.

Otabek Karimov: Ikkalasiyam zoʻr.

Shuxrat Abduraxmanov: Shaxsan men uchun qomatini maqtaydigan qizdan koʻra, qoʻlida non ushlagan qiz ming bor afzal.

Sardor Nematov: Shu Instagram, FB ga qomatini reklama qilayotgan ayollarni oilasi bor ekanmi-a, yoki mijoz axtarishadimi?

Mahim Chichek: Chiroy qorin toʻygʻizmaydi, uyim-joyim deydigan oqila ayol erini boy qiladi. Husn vaqtinchalik, oqila ayol bir umrlik.

Vohid Qodirov: Qomatini reklama qilishi mumkin, lekin non yopishni eplolmaydi hozirgi qizlar.

Musharrafxon Umarova: Masalan, sovgʻa chiroyli qilib oʻralgan boʻlsa qiziq, ochiq boʻlsa nimaligi aniq.

Ochiq boʻlsa qizigʻi yoʻq, sovchilar ham eshigini taqillatmaydi

Musharrafxon Umarova: Albatta muslima ayol xazina. Xazina doimi bekitib asralgan. albatta mislima ayol xazina xazinani doim berkitib asralgan

Nasiba Uzakovna: Hammaga insof bersin!

Shavkat Bek: Endi hayot shunaqa ekan-da. Non koʻtargan erniki, qomat koʻrsatgan elniki boʻladi. Omadini bersin.

Dilmurod Eogashev: Kun haqiqati.  Oz qoldi, buni hamma anglaydi.

Kamol Tojiyev: Aka rahmat, shu rasmni qoʻyganingizga. Haqiqiy oʻzbek ayoli-ku bu, onamni eslatdi. Bu ayollar xijobda yurmasa ham ularning qalbi xijobda.

Eyup aka Mirzaxmedov: Judayam toʻgʻri, qomatni “risovka” qilgandan koʻra oʻn marta shu yaxshi.

Zulayho Ismatullayeva: Haqiqiy oʻzbek begoyimi.

Oʻktam Sultonov: Juda yaxshi mavzu koʻtaribsiz, ayniqsa yoshi oʻtgan sanʼatkorlarni koʻrib qolaman. Maqsad nima, shularni ham eri bormikan deb qolaman. Qancha yashirin boʻlsa, shuncha qiziq boʻladi, odob-hayo pardasi yoʻqolmasin.

Sardor Kamolov: Qomati-ku boʻladi ammo — 2. Nonlar va oʻzbek ayoli — 5. Gap yoʻq.

Samariddin Mirkomilov: 90x60x90 bu qomat ham boshqa narsalarday soxta-ku, nimasiga maqtanadi? Mening fikrimcha hozirgi qizlar oʻzini-oʻzi qattiq sevib qolyapti. Astagʻfirulloh.

Ibrohim Ismoilov: Oʻxshatmasdan uchratmas. Men kim boʻlsam, xuddi oʻzimga oʻxshagani, siz kim boʻlsangiz, xuddi oʻzingizga oʻxshagani uchraydi… 

Zaynab Muhamajonova: Husn oʻtkinchidur,  ayolning husni ibo-hayo bilan goʻzaldur

Sobir Kamolov: Bitta tuqqaningdan keyin seni qomating bilan yuzing shaftoli qoq boʻladi. Yoningdagi non koʻtargan juvon esa shirin, issiqqina qilib uzib olib kelaveradi. Oʻrgildim seni qorni ochiq kiyimingdan. Otang, akang koʻrib oriyati kelmagan boʻlsa, qip-qizil xez ekan-u.

Shuhrat Rustamov: Shayton aytarkan, qoʻlingni chiqar, yuzingni och, qara senga qarashyapti, goʻzal yuzingni namoyon qil, deb gunohga yetaklasa, bizning ayrim hayosiz ayollar shaytonni butunlay yechintirib, bunday qilib selfi qilish kerak, deb oʻrgatar ekan.

Nasiba Uzakovna: Astagʻfirulloh!

Azamat Ruzmetov: Ey shu goʻzalligini erga namoyish qilsa boʻlmasmikan?

Rohatoy Boymurodova: Haqiqatdan kun mavzusi. Ollohim hammaga insofni oʻzi bersin.

“Xalq fikri”dan


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.