18 +  RSS  E-mail
13:14, 12 07 2019

Kerakmiz


Katta bir hayotga ermakmiz,

Senu men goʻsht ila suyakmiz,

Ikki dil bir butun yurakmiz,

Men senga, sen menga kerakmiz.

Oldinda sinovlar hali koʻp,

Insonning boshidir goʻyo toʻp,

Tushmaslik uchun ham koʻzga choʻp,

Men senga, sen menga kerakmiz.

Bolalar ulgʻayar, tashvish ham,

Bir kelar gohida shodlik, gʻam,

Boʻlmasin desak biz koʻzlar nam,

Men senga, sen menga kerakmiz.

Gohida xastamiz, issiq jon,

Dard oʻrtar jonimiz beomon,

Shirin soʻz istar dil shu zamon,

Men senga, sen menga kerakmiz.

Umrimiz bahori vafosiz,

Yashashga imkon yoʻq xatosiz,

Qarigach, yurmoqqa hassasiz,

Men senga, sen menga kerakmiz.

Yakubboy JUMABOYEV

“Ona mehri”dan


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.