18 +  RSS  E-mail
13:03, 12 07 2019

Choʻmilish va ommaviy dam olish joylarida nimalar taqiqlanishini bilasizmi?


Suvda aholining ommaviy dam olish joylarida dam olayotgan fuqarolarga quyidagilar taqiqlanadi:

 — taqiqlovchi belgilar va “Xavfli!”, “Choʻmilish taqiqlanadi!”, “Shoʻngʻish (suvga sakrash) taqiqlanadi!” soʻzlari yozilgan joylarda choʻmilish va suvga sakrash;

— toʻsish belgilaridan oʻtib suzish;

— motorli, yelkanli kemalarga, eshkakli kemalarga va boshqa kichik oʻlchamli kemalar yaqiniga suzib borish;

— texnik va ogohlantirish belgilaridan va boʻytoʻsiqlaridan boshqa maqsadlarda foydalanish;

— sakrash uchun moslanmagan inshootlardan hamda chuqurligi va tubining holati nomaʼlum boʻlgan joylarda suvga sakrash;

— alkogolli mahsulotlarni isteʼmol qilish va mast holatda choʻmilish;

— suvda shoʻngʻish va choʻmiluvchilarni ushlab olish bilan bogʻliq oʻyinlarni tashkil etish;

— yolgʻon trevoga signali berish;

— voyaga yetmaganlarni nazoratsiz qoldirish;

— suzish uchun avtomobil kameralari, taxtachalar va shu kabilardan foydalanish;

— plyajlar akvatoriyalarida motorli, yelkanli, eshkakli qayiqlardan, eshkakli va motorli kichik oʻlchamli kemalardan, suv velosipedlaridan foydalanish;

— kuchuklar va boshqa hayvonlarni oʻzi bilan olib kelish, choʻmiltirish, sayr qildirish;

— suv havzalarini iflos qilish, qirgʻoqda axlatlarni qoldirish;

— 12 yoshgacha boʻlgan bolalarning ota-onalar nazoratisiz yakka tartibda choʻmilishi;

— shisha buyumlar yoki boshqa xavfli buyumlarni qoldirish yoki plyaj materialiga koʻmish;

— ovqat tayyorlash va isitish uchun olovdan foydalanish;

— tovush balandligi 90 dBdan ortiq boʻlgan kuchli ovoz chiqarish qurilmalaridan foydalanish;

— qonunga zid boshqa xatti-harakatlarni sodir etish.

Samarqand viloyati hokimligi matbuot xizmati


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.