18 +  RSS  E-mail
14:40, 10 07 2019

Yer uchastkasiga boʻlgan huquq davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi shartligini bilasizmi?


Yer uchastkasiga boʻlgan huquq davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi shart.

Tegishli huquq paydo boʻlgandan keyin 1 oy mobaynida roʻyxatdan oʻtish uchun murojaat qilmaslik fuqarolarga eng kam ish haqining 202730,00 soʻmdan 608190,00 soʻmgacha,  mansabdor shaxslarga esa — 608190,00 soʻmdan 1013650,00 soʻmgacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Yerga boʻlgan quyidagi huquqlar davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim:

— yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish, dehqon xoʻjaligi, jamoa bogʻdorchiligi va uzumchilik joʻjaligini yuritish uchun, shuningdek, boshqa hollarda berilgan yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi;

— qishloq va oʻrmon xoʻjaligini yuritish va boshqa maqsadlar uchun berilgan yer uchastkalariga doimiy egalik qilish huquqi;

— qishloq xoʻjaligi bilan bogʻliq boʻlmagan ehtiyojlar uchun foydalanish muddatlari koʻrsatilmay berilgan yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqi;

— qishloq xoʻjaligi bilan bogʻliq boʻlmagan ehtiyojlar uchun foydalanishning muayyan muddati belgilab berilgan yer uchastkalaridan muddatli (vaqtincha) foydalanish huquqi;

— xususiylashtirilgan yoki sotib olingan yer uchastkalariga boʻlgan mulk huquqi;

— yer uchastkalarini ijaraga olish huquqi.

Yerga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun Davlat xizmatlari markazlariga yoki Interaktiv davlat xizmatlari yagona portali (https://my.gov.uz/uz) orqali kadastr organlariga murojaat qilish lozim.

Davlat xizmatlari markazlari manzillari haqidagi maʼlumotni http://advice.uz/#/category/72/139 veb-havoladan bilishingiz mumkin.

Interaktiv davlat xizmatlari yagona portali orqali kadastr organlariga murojaat qilish uchun esa https://my.gov.uz/uz veb-havolaga murojaat qilish zarur.

Yerga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish haqidagi batafsil maʼlumotni https://ygk.uz/uz/node/161 veb-havolaga murojaat orqali bilib olishingiz mumkin.

Yerga boʻlgan huquq davlat roʻyxatidan oʻtkazish ariza berilgan paytdan boshlab ikki kunda bepul amalga oshiriladi.

Samarqand viloyati hokimligi matbuot xizmati


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.