18 +  RSS  E-mail
11:34, 09 07 2019

Otamning qurbi va mening imkoniyatim


Otam 220 soʻm oylik maosh olardi. Shundan 45 soʻmini bir yillik gaz, elektr, ichimlik suvi va axlat uchun ajratardi, yaʼni oylik maoshining toʻrtdan bir qismi bilan yillik kommunal toʻlovlarni toʻlashga qurbi yetardi.

Men … soʻm maosh olaman, lekin oylik gaz, elektr, ichimlik suvi va axlat…

Turgʻun Turgʻun: Bu shunday boʻlgan.

Shaxlo Djumaniyazova: Ota-onalarimizning qurbi yetganligiga havasim kelyapti. Shu paytlari yaxshi edi, moliyaviy qiyinchilik deyarli yoʻq edi. Hozir maosh qoʻlga tekkanda oyda yigʻilgan qarzlarni toʻlash bilan darrov yoʻqoladi.

Turgʻun Turgʻun: U damlar pulda baraka boʻlgan. Hozir qoʻlingizga million-million kelib tushadiyu, qay yerga ketganni bilmay qoladi kishi.

Xayrullo Hakimov: U vaqtda davlat oʻgʻrilari boʻlmagan, amaldorlar chet davlatlardan villalar sotib ololmagan. Adolat boʻlgan.

Adham Qilichev: Siz-ku maosh olarkansiz… Maosh olmaydigan ishsizlarchi? Kunbayga ishlaydiganlar-chi? Ishsizlik yomon…

…U paytlarda uch kun ishsiz yurganni darhol ishga joylab qoʻyishardi, bekorchilikdan oʻgʻirlik, tan jarohati yetkazish yoki boshqa jinoyatlar sodir qilmasligi uchun

Adham Qilichev: Men Xorazmdanman. Bugun bizda havo isib, 45-50 darajaga bordi, lekin shu jaziramadayam pul topish uchun ishlayotgan qancha oʻgʻil-qizlarimizni sholi koʻchatida uchratib qoldim. Mana ishsizlik. Issiq boʻlishiga qaramay kuniga 100.000 yoki 50.000 pul topaman, deb fermerlarni yerlarida…

…Ishsiz fuqaroning uyiga borib, darhol sababi soʻralardi, oilasini qanday boqmoqchi deb. Ishsiz yurganga goho dangasa deb qarashardi.

Akmal Normurodov: Oʻsha vaqtda kattakonlar xalh manfaati yoʻlida xizmat qilishgan. Hozir esa oʻz manfati uchun xizmatdalar. Oddiy misol: 3 ta poraxoʻr genprokurorlar.

…Qishda har bir oila 1200-1500 kub gaz, 300-500 kVt elektr, 20-30 kub suv va 5 kishiga 2300 soʻmdan. Hisoblaymiz: oʻrtacha 1350 kub gaz — 432 ming, 400 kVt elektr – 100 ming, 25 kub suv – 25 ming, 11500 soʻm axlat, jami oʻrtacha 568,5 ming soʻm.

Otabek Shomuratov: Saylov paytida oʻylash kerak, «yashasin» deb joʻr boʻlishdan oldin.

Nina Mirzoda: SSSRni yomonlardi hamma, endi sogʻinyapsizlarmi? Kommunizmda yashalgan oʻsha paytda, oqibatam bor edi, eh.

Ozod Obod: Toʻgʻrisi oʻsha SSSR davrida bekorchi odam va gaplar yoʻq edi. Hozirchi hamma bekorchi-yu hammani kallasida qanaqa qilib pul topsa. Qolgan vaqti FB da bekorchi gaplar bilan ovora…

Axror Axmedov: Ha, mazza zamonda yashagansizlar akabek. Hozirchi xalqni boshidan magʻzava agʻdarishyapti. Xuddi boshini silab orqasiga tepyapti.

Shaxlo Djumaniyazova: Oyda oʻrtacha 568,5 ming soʻm kommunal toʻlovlarga ketadigan boʻlsa, viloyatlarda koʻpchilikning oylik maoshi oʻrtacha 600-700 ming soʻm boʻlsa, ishga borish-kelish va yeb-ichishga yetarmikan???

Xikmatullo Xolmatov: Ammo har kuni toʻyda, choyxonada.

Avazbek Shaxnazarov: Bizda faqat oylikka yashaydiganlar bormi oʻzi?!

Sadriddin Nosirov: U paytlar Qunduz amakining ertagiday boʻlib qoldi.

Shaxlo Djumaniyazova: Kommunal toʻlovlar ogʻirligidan bechora erkaklarimizning beli shunday buklanib qoladi.

Salaxiddin Salaxiddin: Erkaklarni tushunayotganlar ham bor ekan, rahmat opa.

Aliks Mamatxanov: Misol uchun: oddiy gurgut 1 tiyin (kopeyka) boʻlgan. Hozir 200 soʻm.

Dilshod Tairov: U paytlar: Yashasin Sovet, qaynasin obed, deb yashardik.

Farhod Zokirov: Mahallada magazinim bor, plastikni tashlab, qarzga oziq-ovqat olishadi. Oylik tushsa qarzni kesamiz. Ertasi kunidan yana qarzga olib boshlaydi. Baʼzida hayron qolaman, yashashdan maqsad nima?

… Hammaning doʻkoni yoʻq, kam oylikka kun koʻrayotganlarga qarzga berib katta savob olyapsiz.

Dildora Sharipova: Hamma narsa insonning oʻz qoʻlida! Shunday ekan faqat harakat va yana harakat! Olloh sendan harakat, mendan barakat degan. Shunday ekan, inson boshqalardan manfaat kutib yashamasligi kerak! Nolimay boriga shukur qilib yashaylik, azizlar! Asosiysi tinchlik va soglik!

Shuhrat Rustamov: Ajoyib. Eng kam pensiya xozir 243300 soʻm, lekin oʻylanib qolaman shunday pensiya bilan taʼminlangan ota-onaxonlar qanday kun kechirayotgan ekan? Eng kam maosh 577000 soʻm olayotgan fuqarolarimiz-chi? Yana ularning kommunal toʻlovlardan qarzi yoʻq. Bu nimadan ekan, sabrdanmi, shukronalikdanmi?

Maʼruf Moʻminov: Olloh bergan barakotdan.

Rustam Ikromov: Esimda oʻsha damlar, oʻziuchar gilamlar.

Faxriddin Tangirov: Yana bironta qoʻshimcha qonuniy pul topishni, yangi kasbni yoʻlga qoʻyish kerak. Ishdan keyin. Maslahat berish oson, lekin…

Rahimjon Isakov: Zolim tuzum payti deb yozadiganlar qayerda yuribsizlar. Men oʻsha paytda yashaganimga achinmayman. Lekin sizlar u paytlarni tushingizda ham koʻrmaysiz. Sizlar uchun armon boʻlib qoladi.

Zamira Turdiyeva: U paytlar boshqacha edi. Hozir ham xudoga shukur, yurtimiz tinch, sogʻlom boʻlsak, albatta pul ishlab topamiz, sogʻlik va tinchlik boʻlsin.

Obidjon Atabayev: Aytishar edilar “Hali koʻoʻoʻp sogʻinasizlar SSSRni”…

“Xalq fikri”dan


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.