18 +  RSS  E-mail
11:24, 09 07 2019

Avtomashinadagi ogʻufurushlar qoʻlga olindi


Buxoro viloyati bojxona boshqarmasining Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boʻlimi hamda DXX viloyat boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda giyohvand moddalarning gʻayriqonuniy aylanishi bilan bogʻliq yana bir jinoyat fosh etildi.

Viloyat bojxona boshqarmasi axborot xizmatining maʼlumotlariga koʻra, navbatdagi tadbir davomida “Jizzax-Buxoro” yoʻnalishida harakatlanib ketayotgan avtomashina tezkor guruh vakillari tomonidan toʻxtatilib, tegishli tartibda nazoratdan oʻtkazildi. Natijada mazkur avtomashinada boʻlgan fuqaro S.F.ning yonida 31,8 gramm hamda fuqaro I.Sh.ning yonida 164.9 gramm “marixuana” giyohvandlik moddasi borligi aniqlanib, ushbu moddalar ashyoviy dalil sifatida olib qoʻyildi.

Ayni damda holat yuzasidan surishtiruv-tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Yaxshiyamki, bu qingʻirlik vaqtida fosh etildi. Oʻz manfaatini oʻzgalar manfaatidan ustun bilgan qonunbuzarlar bu qilmishi uchun tegishli jazoni olishi muqarrar.

Buxoro viloyati hokimligi axborot xizmati.


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.