18 +  RSS  E-mail
14:21, 08 07 2019

Sudmi, doʻkonmi, teatrmi?


Prezidentimiz kuyinganicha bor ekan. Kunduzi chiroq yoqib qidirilsa ham, xalqim uchun deb jon kuydiradigan sud raisi topilmayapti. Savdogaru artistlar koʻpayib, goho sud jarayonlari bozor va spektaklga oʻxshaydi. Har kim oʻz kasbida ishlasa — savdogar doʻkonida savdosini qilsa, artist teatrda, masharaboz tsirkda tomosha koʻrsatsa…

Maʼlumot uchun: Moʻgʻiliston Prezidenti oʻz farmoni bilan 17 nafar sud’ya, shu jumladan Oliy sudning 5 nafar sud’yasining vakolatlarini toʻxtatdi. Pora olish jinoyatini sodir qilgan 13 nafar sud’yaga nisbatan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilgan. 7 nafar sud’ya esa 125 million $ pora olganligi aniqlangan.

Shaxlo Djumaniyazova: Teatrlarda artistlar nimaga kamayib ketdi desak, ayrimlari bu tomonga oʻtib ketishgan ekan-da

Shodiyor Isayev: Sudlarni ham koʻrib chiqish kerak

Gʻayrat Jiyanov: Mana meni saylashsin,olti oyda tartibga solaman… Chin pioner soʻzim…

Abbos Alixon: Topilmaydi, u lavozimga mafiyani himoya qiladigan ishonchli kadr qoʻyilishi kerak.

Gapparov Qodirjon: Ertaga Yaratganni oldida hisob berishdan qoʻrqmagan, har kimni vijdoni yoʻl qoʻyadi pora olishga

Bahodir Aripov: Prezidentimizga qiyin, bir oʻzlari ogʻir yukni boʻyinlariga oldilar. Biz oddiy xalq u kishiga yordam berishimiz kerak. Sud’yalar orasida nopoklari ham bor…

Shaxlo Djumaniyazova: Sud’ya boʻlishdan oldingi asl kasblari nima boʻlgan?

…Biri milisa, biri bojxonachi, biri oshpaz, biri artist…

Saloxiddin Azamatov: Bizdayam bitta sud’ya bor, qayta oʻqitish kerak. Hamma narsani isbot-dalili bilan koʻrsatib qoʻysang, bahona topolmay arizasi rad etilsin, dedi muhtaram sud’ya janobi.

Bull Null: Sudyalar ishida subordinatsiya juda rol oʻynar ekan.

Ergali Serikbayevich: Oʻlim jazosi berilsin pora oladigan sud’yalarga.

Botir Yaminov: Qayerdan topilsin, oʻzi bular institutda oʻqiyotganni oʻzida niyati buzuq boʻlgan boʻlsa.

Jamshid Hakimov: Bu poraxoʻr sud’yalar harom pul yemasa boʻlmaydimi? Butun avlodu ajdodlaridan yiring oqqanday teshib chiqsin olgan harom poralari, Ollohim oʻzi jazosini bersin

Iren Diyarova: TV dagi koʻrsatuvlarni namoyish qilayotgan artistlarga nisbatan monitoring qilish kerak, juda koʻpayib ketishdi. Nahotki oʻqimishli, sohasini bilgan iqtidorli boshlovchilarimiz topilmasa. Qayerga qarasang artistlar reklamada, koʻrsatuvda. Kim nazorat qiladi yoki artistlar xalqni chalgʻitishni kasb qilib olishganmi? Dolzarb koʻrsatuvlar tashkil qilishsin, Adliya vazirligi sud’yalar, prokurorlar va boshqa sohalar bilan muloqot qilsin. Nahotki shoulardan boshqa masalalarimiz yoʻq. Quruvchilar bilan uchrashuvlar. Fermerlar bilan va x.k. Televideniyeda yaxshi haqiqatli targʻibot qilinsa, har bir vazir oyda bir marta boʻlsa ham xalq bilan toʻgʻridan-toʻgʻri efir orqali muloqot qilishsa, dardini eshitishsa, shuncha noroziliklar boʻlmas edi. Chunki Vazirlarga koʻp haqiqiy holatlar yetkazilmaydi.

“Xalq fikri”dan


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.