18 +  RSS  E-mail
14:01, 08 07 2019

Direktorlarning yagona maktab formasi savdosini tashkil etishi taqiqlanadi


Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi oʻrta umumtaʼlim maktablari orqali yagona maktab formasi savdosini tashkil etish taqiqlanganligi haqida eslatib oʻtadi.

Direktorlarning yagona maktab formasi savdosini yoki boshqa bichimdagi formalarni markazlashgan holda joriy etishni tashkil etishi taqiqlanadi. Maktab formalari savdosi maxsus savdo shaxobchalari orqali tashkil etiladi.

Eslatib oʻtamiz, 2019 yilning 18 iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalari oʻquvchilarini zamonaviy yagona maktab formasi bilan taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018 yil 15 avgustdagi 666-qaroriga oʻzgartirishlar kiritish haqida qaror qabul qildi.

Mazkur qarorga koʻra, yagona maktab formasi 2019/2020 oʻquv yilidan emas, balki 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab joriy etiladi.

2024/2025 oʻquv yiliga qadar oʻquvchilar maktablarga yagona maktab formasida kelishlari ixtiyoriy boʻladi. Shuni taʼkidlash lozimki, “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi hududlar kesimida oʻquvchilar uchun maktab formalari ishlab chiqaruvchi korxonalar roʻyxatini eʼlon qilgan. Ota-onalar formalarni ulardan sotib olishlari mumkin.

Xalq taʼlimi vazirligi matbuot xizmati.


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.