18 +  RSS  E-mail
14:26, 08 07 2019

Ayol piton bilan uxlashni yaxshi koʻrardi, lekin ilon kutilmaganda oza boshladi


Albatta, aksariyat oilalarda sevimli hayvoni bor. U hayotingizning bir qismiga aylanadi, siz u bilan gaplashasiz va birga olib yurasiz.

Bu ayolning hikoyasi jiddiy ogohlantirish kabi koʻrinadi. Lekin yirtqich, yovvoyi hayvonlar baʼzan kutilmagan hodisalar keltirishi mumkin.

Ayol ilonini juda yaxshi koʻrgan va doimo oʻzi bilan olib yurgan. Xatto ular birgalikda uxlardilar. Biroq, tez orada ayol nimadir notoʻgʻri ekanini payqadi — pitonning vazni yengillashdi va ovqatdan butunlay bosh tortdi. Ular veterinarga borishlari kerak edi.

Yaxshiyamki, tajribali veterinar bu ayol yotoqda doimo ilon bilan yashashini bilib, toʻgʻri xulosaga keldi. Ilon katta mazali taomga tayyorlanib, ovqat yeyishni toʻxtatdi…!

Piton odam bilan yaqinlashganda shu kabi mazali taom bilan bayram qilish yaxshi boʻlardi, degan hayolga borardi. Ammo inson tanasi yetarlicha katta boʻlgani uchun, sudraluvchi hayvon oshqozonini biroz boʻshatishga qaror qildi. Bunday parhezning sababi jiddiy edi.

Ayol omadli edi, chunki u vaqtida veterinarga uchrashmaganda, piton uchun mazali yegulikka aylanardi. Buning uchun ilonni ayblash qiyin, chunki u egasini yeyish vasvasasiga tushib qolgandi. Agar piton oʻz vaznini yoʻqota boshlasa, demak u katta oʻljaga tayyorgarlik koʻrmoqda. Ehtiyot boʻling!


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.