18 +  RSS  E-mail
15:34, 04 07 2019

Oʻzbekiston delegatsiyasi yozgi Universiadada ishtirok etish uchun Italiyaga joʻnab ketdi


Joriy yilning 3-14 iyul kunlari Italiyaning Neopol shahrida oʻtkazilayotgan Butunjahon yozgi universiada oʻyinlarida oʻzbekistonlik sportchilar ham ishtirok etishi haqida xabar bergan edik.

Bugun delegatsiyamiz rasmiy vakillari, tennis va oʻq otish sport turlari boʻyicha terma jamoa aʼzolari Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportidan musobaqada ishtirok etish uchun joʻnab ketishdi. Boshqa sportchilarimiz ham musobaqa dasturiga asosan Italiyaga yoʻl olishadi.

Bu galgi Universiadada 120 ga yaqin davlatdan tashrif buyurgan 9000 nafarga yaqin sportchilar 18 ta sport turi boʻyicha 222 ta medallar jamlanmasi uchun kurash olib boradilar. Ushbu nufuzli musobaqada 42 nafar oʻzbekistonlik talabalar yengil atletika, dzyudo, taekvondo, badiiy gimnastika, tennis, sport gimnastikasi, oʻq otish hamda kamondan otish boʻyicha medallar uchun bahs olib borishadi.

Maʼlumot uchun, kichik Olimpiada deya taʼriflanadigan Butunjahon talabalar sport oʻyinlari yoki Universiada Xalqaro talabalar sporti federatsiyasi shafeligida talabalar oʻrtasida, Olimpiya tsiklidan farqli ravishda har ikki yilda bir marotaba oʻtkaziladi. Bahslarda 18 yoshdan 26 yoshgacha (25 yoshdan oshmagan) boʻlgan talabalar ishtirok etishlari mumkin.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati.


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.