18 +  RSS  E-mail
15:40, 04 07 2019

Kam “taʼminlanganlar”mi?


Xudoga shukr, Prezidentimiz tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam taʼminlangan va nogironlarga arzon narxlarda koʻp qavatli uylar qurib berilyapti.

Ammo kechqurun ushbu kam taʼminlanganlarning koʻp qavatli uylari oldidan oʻtsangiz, “Kaptiva”, “Malibu” yoki eng kamiga “Spark” qatorlashib turganligini koʻrasiz.

Ulugbek Zufarov: 1 yil avvalgi Sergeli tumanidagi uylar nima boʻldi, eslaysizmi? Qolganiga koʻz bilan koʻrmaganim uchun aytib oʻtishni xojati yoʻq.

…:  Djinsi shimning yirtiqligi bu moda, kam taʼminlanganlikdan dalolat emas!

Dilnoza Abduxalimovna: Kam taʼminlanganlarni puli oylik toʻlovga yetmaydi toʻgʻrisi.

Dilmurod Nurdinov: Maqsad nima buni yozishdan, berilmasligi kerakmi? Kam taʼminlanganda velosiped ham yoʻq yoki mashina siznikimi, deb soʻradingizmi? Juda yaxshi narsani yozibsiz.

Rahima Xodjiyeva: Nima boʻlibdi mashinani arenda qilib haydash mumkin, shimni esa, bir xillar pul bermaydi uyidagi kichkina boʻlib qolgan yoki modasi sal eskirsa qoʻshniga berib boshqani oladi. Kiyim va mashina hal qilmaydi inson taqdirini.

Shaxlo Djumaniyazova: Haqiqiy kam taʼminlangan, nogironlarga arzon uy berish kerak, lekin bu uylarni ajratayotgan komissiyaning choʻntagi toʻla qarindosh-urugʻlari, tanish-bilishlariga emas.

Uraloy Oblayevna: Qalovini topsa qor yogʻar deb olgan-da shu uylardan.

Farxod Toshpoʻlatov: Shu uylarning yonida bitta Avto mashinalar turadigan garaj ham qurib berishmabdi-da-a bu (kam taʼminlanganlar) uchun.

Desert Usmanov: Biznikilar oʻrganib qolishgan…»Imtiyozli» degan joyiga oʻzinikini tiqishga… Imkoniyat bor ekan… «bosib ol, odamlar dovdirab turganda»deyishadi-da shovvozlar. Bir DXXni tergovchilari kelib kim qanday uy olganini tekshira boshlasa koʻchada «invalid kolyaskasi»dan boshqa hech vaqo qolmasa kerak.

Baxtiyer Ruzimatov: Bir xonadonda bir necha oʻgʻillar oilasi bilan siqilib yashab kelgan va har bir oila uy olish uchun boshlangʻich toʻlovlarni toʻlash uchun oʻz uyligini sotib boʻlishib olishgan. Toʻlovdan ortgan pullariga kredit yoki arendaga mashina olishgan. Har narsadan kir qidirish yaxshi ish emas.

Desert Usmanov: Kaptiva olishmagandur… aka.

Baxtiyer Ruzimatov: Uyiga mehmon kelgandur, hamma narsani yaxshilikda koʻraylik. Hasad qilish gunoh yana bilmadim.

Shaxlo Djumaniyazova: Uch-toʻrt farzand sotilgan uyning pulini boʻlishib olishgach, 200 mln soʻmlik kvartiraning har biriga boshlangʻich badali 50 mln soʻmdan tegadi. Kaptiva, Malibuga pul qayerdan kelgan ekan????

Botir Fozilov: Kam taʼminlanganlardan Ortiqxoʻjayevga nima foyda. 500 ta bechoraga uy berildi degan gap qogʻozga yozildiku boʻldi-da ish bitdi.

Ulugbek Karimov: Sababi, arzon uy degani ham 100 mln dan ortiq tursa, qaysi kam taʼminlangan oladi uni, boshlangʻich toʻlovni oʻzi 30 mln ga borsa, masalan menda shuncha pul yoʻq, lekin kam taʼminlanganlar roʻyxatida turmayman. Agar ularni shuncha puli boʻlsa meni ham kam taʼminlanganlardan boʻlgim kelyapti.

Sherzod Qosimov: Eʼtiborlisiz.

Rahima Xodjiyeva: Ha, bizda bir mahallada shunaqa boʻldi, kengash raisiga 300 $ — 500 $ berib buxorolik kuyovlar kam taʼminlangan boʻlib olishdi, men ham roʻyxatda kam, ijtimoiy himoyaga muhtoj oila 2016 yil oktyabr oyidan, hali navbat kelmadi keyin shoshayotsam ham kutaman, nega shuncha yashab mehnat qilib, shahardan Sergeliga ketishim kerak, shahar tumanlarida shuncha uylar quriliyapti Sitilardan tashqari. Ular kimlar uchun, Yunusobodda ham buzilish qurilish koʻp-ku. Nega endi Sergeli, bozor uzoq, bogʻcha yoʻq, maktab yoʻq, magazinda vermishel’dan boshqa narsa yoʻq, apteka yoʻq, menda esa mashina yoʻq, bekat, avtobus, yoʻl oraligʻi uzoq, chiqqunimcha boshim aylanib koʻzim tinadi. Bir tanishim olgan edi, borib koʻrdim, aks xolat. Bir bolacha 4-qavatdan tushib ketib oʻldi, ota-ona ishda, bolasi birov bilan qolgan bogʻcha yoʻqligidan, ana sharoit-u ana arzon uy, u yerlarga mashinasi borlar bormasa ,biz u Kamchatkaga kirsak chiqa olmaymiz, mazam boʻlmay boyagi oʻlgan bolachani koʻrib, qon bosimim oshib, Tez yordamga kelib oldim.

Jaydari Uzbek Toshkandiy: Ana-a Sergelida uyni narxi oshdi deb janjal qilganlarning yarmidan koʻpi postda aytilganday «kam ta’minlangan»lardur. Oʻzbek xalqi shunday boʻlib ketgan-ki, yon koʻshnisi kambagʻal, uyga muhtoj boʻlib turganini koʻrib, qoʻshni sizni nomingizga Sergelidagi arzon uylar olaylik, sizni ham rozi qilaman, deb aldab domlarni olayotganlar juda koʻp. Ularga xudo oʻzi insof bersin.

Aliya Ganiyevna: Ha, ha, ha ayni haqiqat, kambagʻalni ori judayam kuchli, hech kimga borib uy ber demaydi.

Yusupali Maxkamov: Shu kam taʼminlanganlar, nogironlar uyi oldiga hatto tez yordam mashinasi oʻta olmaydi.

…:  «Kaptiva»lar yoʻlakni toʻsib qoʻyganmi?

Toxir Madaliyev: U uylar kam taʼminlanganlarga berilishi qiyin, chunki oyligi kredit shartlariga toʻgʻri kelmaydi, boylar qachon nafsini tiysa, kambagʻal qatlamni yelkasiga shabada tegadi.

…: Uylarning bir qismini tadbirkor-u komissiya aʼzolari boʻlishib olishgan.

Anvarjon Sayfutdinov: Qoʻshnimiz oldi, 200 $ shapkasi.

Dildorp Firdil:  Judayam toʻgʻri, oʻzim qizimga yolgʻiz ona 3 yosh qizchasi bor 1 yarim sotixli uyda 4 ta xoʻjalik qisilib yashayapmiz deb topshirganimda shu hakikatga, ya’ni puli borlarga berilishini adolat faqat qogʻozdayam, amaldayam yoʻqligini bilib afsuslandim. Boshingizga tushmasa angrayib yuraverasiz ekan, aldovga ishonib.

Muxbilla Koriyev: Ha toʻgʻri, kunduzi kam taʼminlangan boʻlishadi, qorongʻu tushganda oʻz qiyofalarida paydo boʻlishadi. Yaʼni tungi koʻrshapalaklar desayam boʻlaveradi.

Shuxrat Nurimbetov: Oʻzbekistonda kam taʼminlangan, nogiron, himoyaga muhtoj oilani oʻzi yoʻk. 500 ming maoshga ishlaydigan oila ham kommunal toʻlovidan orttirib oyiga 2 yarim millionlik bozor xarajati qiladi.

Laziz Rasulov: Kam taʼminlanganlarga moʻljallangan uylarda boylar yashayapti, tanish-bilishchilik qilib olgan.

Gul Muxammad: Sergelidagi uylar kam taʼminlanganlar uchunmas, uyga muhtojlar uchun nimaga shuni tushunmaysizlar… Qogʻozda aynan uyga muhtojlar uchun deb yozilgan… Kam taʼminlanganlar uchun deb yozilgan narsa yoʻq… Lekin haqiqatdanam nogironlar bor…, boy nogironla dersizlar balki, lekin ular boy emas, sponsorlari boy….

Farxod Ismailov:  Kamida 120 mln boʻlsa kerak ?

Gul Muxammad: 20 yil davomida toʻlaysiz…

Shaxlo Djumaniyazova: Kam taʼminlanganlar uchun 2 xonali — 158 mln, 3 xonalisi 207 mln soʻmda

Farxod Ismailov: Salkam 20.000 dollar ekan.

Shaxlo Djumaniyazova: Bu pulni toʻlash uchun Rossiyada ishlab kelish kerak.

Farxod Ismailov: Toʻgʻri aytasiz.

Gul Muxammad:   20 yilda toʻlaysiz… nimasi yomon. Kam taʼminlanganlar uchunmas uyga muhtojla uchun… Oyiga 800.000 soʻmdan yomonmi…, shungayam Rossiyaga borib ishlaydimi…,  shaxsiy uylarga kamida oyiga 3 milliondan 12 milliongacha.

Aida Aslanovna: Kam taʼminlangan oila chetga chiqib ishlamasa uy ololmaydi, Shaxlo Djumaniyozova toʻgʻri aytdilar, oylik kam ishlagani roʻzgʻordan ortmaydi …!

Guzala Baxodirova: Albatta axir hashamatli uylar, magazin-u,  restoranlar albatta kam taʼminlangan kambagʻallarniki, qachon eshitgansiz boylar Kaptiva… olganini.., eshshak arava ham olisholmaydi-ku.

Latofat Il’yasova: Ular kam taʼminlanganlarmas, bechoralar bizlarda shunaqa yashashadi.

Mavludaxon Axmedova: Xamma uylar ham xaqqoniy berilmayapti!

Gul Muxammad: Spark mashinasi uymas-ku… Kam taʼminlanganda pul nima qilsin… , oʻshani uchun adashtirmanglar… Uyga muhtojlar uchun aynan Sergelidagi uylar…

… Suratdagi qizning sponsori kam taʼminlangan boʻlishi kerak.

Alyona Alyona: Bu uy qancha turadi. Unaqa pul kam taʼminlanganlarda yoʻq-ku.

Shaxlo Djumaniyazova: Uch xonali 207 mln soʻm.

Gul Muxammad: Odamlar tepada yozilgan kommentlarni oʻqib tursa-da…

Jamshid Egamberdiyev: Ularni puli koʻp, lekin kam taʼminlanganlar turidan.

Abdumalik Quchqarov: 100 tadan uzogʻi bilan 7-8 tasi kam taʼminlanganlarga beriladi xolos.

Shaxlo Djumaniyazova: Bu uydagilarning toʻrtdan biri haqiqatda kam taʼminlangan boʻlishi mumkin. Qolganlarining ota-onasi yoki birovi kam taʼminlangan emas. Haqiqiy bechoralar chetda qolib ketadi, nomigagina ayrimlariga berishadi.

…: Bir doʻstimiz kam taʼminlanganning uyidagi bazmga «Kaptiva», «Malibu»da mehmonlari kelishgan degandi. Birinchidan haqiqatda kam taʼminlanganning bunday qarindoshi boʻlmaydi. Ikkinchidan, arzon uydan kvartira olgan, farzandi nogiron tanishimizdan soʻraganda, ushbu turdagi mashinalar uy egalariniki, baʼzilari kvartirani ijaraga berishganligini tasdiqladi.

Shaxlo Djumaniyazova: Ha, foyda koʻrish uchun nopoklar zarur hujjatlarni «toʻgʻirlaydilar

Aziz Sharipov: Haqiqiy kam taʼminlanganlar qolib ketyapti baribir.

Muazzam Komilova: Kam taʼminlangan boshlangʻich narxni qayerdan olsin, puli poralarga bosib kuyganiga uy olib sotishyabdi, kelishsin surishtishtirishsin hamma yoʻq paytda, uyfurushlar.

Sarvar Umarov: Ayrimlari kvartiraga boshqa odam qoʻyishyapti. 

Bekzodjon Shukurov: Kam taʼminlangan-moddiy baquvvat bechoralar.

Ulugʻbek Djumanov: Lekin meni tanishim oldi-ku kam taʼminlangan, tekinga berishdi Sergelidan. 

Barnush Axunjanova: Kam taʼminlanganlarga bu uylarni berishni xohlashmaydi. Bechoralar roʻyxatga yozishsa xursand bulib yurishadi. Uy berishga kelganda — «sizga uy yetmay koldi, sizdan koʻra kambagʻalroq, muhtojroq oilalarga berildi. Kuting, kelasi yilgacha» deb aldashadi. Malibu mingan «muhtojlar» uylarni olib kvartirant qoʻyishadi.

Barnush Axunjanova: Charchaganmiz nohaqliklardan! Nima qilish mumkin shu sharoitda?? Koʻp gapirib, koʻp yozdim — ijobiy natija yoʻq!! Endi xarakat qilish kerak!! Nima qilishni bilmay arosatdaman!!!

Mamurjon Allanov: Hamma nima qilish mumkin deyishyapti, ammo rahbarlarimiz nima qilish mumkinligini emas, qanday qilib koʻproq yiqsam degan hayol bilan yashayapti.

Barnush Axunjanova: Meni pora beradigan pulim yoʻk. Foizga qarz olib pora beraymi??

Mamurjon Allanov: Kam taʼminlanganlar bir ilojini qilib qornini toʻygʻizyapti, qanday qilib uy sotib olsin.

Dilfuza Ashurova: Chunki uylar kavs ichidagi yordamga muhtojlar… Tepadagilarni qarindoshlari …

Ixtiyer Xuddiyev: Oʻzi kam taʼminlangan boʻlsa? Yana boshlangʻich toʻlovi ham bor, keyin qolgan toʻlovlari ham bor! Qayerdan toʻlar ekan shuncha pulni? Hozir kreditga uy olaman deb borsang 12 oylikdan qogʻoz soʻraydi ( yillik daromaddan) agar har oy toʻlashingizga yetarli boʻlsa kafolat boʻlsa 1- umumiy summadan 30 foizini toʻlasangiz oʻylab koʻrishadi!? Kam taʼminlangaglarga qanday, qanaqa beradi hech aqlim yetmayapti?!?!?

Davron Xamrayev: Kam ta’minlangan akalarimizni ikkinchi xotinlari olishyapti uy mashnani

Farxod Tojiaxmedov: Bu postni qoʻygan odamni hamisha omadi kelsin. Kam taʼminlangan deyishdi, oldindan 17 mln berdim qarz olib, uyga koʻchib kirganimizdan soʻng 2 oy oʻtib qogʻoz keldi uyni tan narxi 167 mln 20 yilga foizi bilan 370 mln toʻlaysiz boʻlmasa boʻshating deyishdi. Ijarada oʻtirardik iloji yoʻq bir amallab toʻlayapmiz, lekin oxiri nima bilan tugaydi bilmayman.

Janibek Chilimbetov: Tekshiraman desa bilip oladi prizidentimiz lekin biladiganga oʻxshaydi aytishni foydasi yoʻq, chinovniklar prizidentimiz bosh boʻlip oʻzlarini sharoitlarni toʻgʻirlashmoqda.

Bexzod Axmedov: Siz aniq bilasizmi, bu uylar kam taʼminlanganlarga berilganini.

Shaxlo Djumaniyazova: Nafs degani yomon, kambagʻalning qotgan yarimta nonini ham tortib olishga undaydi.

Akmal Xusanov: Hamma biladi, ammo hamma jim turadi.

“Xalq fikri”dan


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.