18 +  RSS  E-mail
14:20, 03 07 2019

Mirzachoʻl tumanidagi sayyor qabul davomida fuqarolar muammolariga yechim topilmoqda


Jizzax viloyati hokimi, birinchi sektor rahbari Ergash Saliyev Mirzachoʻl tumani «Yangidala” qishloq fuqarolar yigʻinidagi “Yangidala” madaniyat saroyida sayyor qabul oʻtkazdi.

Davlatimiz rahbari tomonidan amalga oshirilayotgan barcha islohotlar zamirida xalqimizning turmush farovonligini yaxshilash, odamlarimizning baxtli yashashini taʼminlashdek ezgu maqsadlar mujassam.

Zero, xalq bilan muloqot qilish, ularning muammolarini oʻrganish, ijobiy hal etish ustuvor masala sifatida ilgari surilgani xalqimizning davlatdan, jamiyatdan rozi boʻlib yashashida muhim omil boʻlmoqda.

Inson manfaatlarini himoya qilish uchun rahbarlar xalq bilan muloqot qilishi, fuqarolarning dardu tashvishlari, orzu niyatlari, hayotiy muammo va ehtiyojlarini yaxshi bilishi kerakligini davrning oʻzi taqozo etmoqda.

Ayniqsa, soʻnggi uch yil, barchamizning hayotimizga, xususan mamlakatimiz tarixiga yangi davr nafasini olib kirdi.

Mirzachoʻl tumanida oʻtkazilgan sayyor qabulda ham har bir murojaat atroflicha tahlil etilib, aksariyati joyida hal etildi.

— Qabul davomida fuqarolardan 60 ta muammoli masalalar yuzasidan murojaat tushgan boʻlsa, ularning 15 tasi  joyida ijobiy yechim topdi,- deydi hududlarni kompleks rivojlantirish boʻyicha viloyat hokimining 1-sektor shtabi kotibi Fazliddin Elchiboyev. — Qolgan 46 ta   murojaat oʻrganish talab etilganligi sababli mutasaddilarga koʻrib chiqib, masalalarni hal etish boʻyicha topshiriqlar berildi.

Jizzat viloyati hokimligi axborot xizmati.


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.