18 +  RSS  E-mail
15:21, 26 06 2019

Ilmiy-texnik kengashlari yigʻilishi oʻtkazildi


Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi fan sohalari va yoʻnalishlari boʻyicha Ilmiy-texnik kengashlari faoliyatiga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi. Yigʻilishda vazirlik masʼullari, vazirlik huzuridagi fan yoʻnalishlari boʻyicha 16 ta Ilmiy-texnik kengash raislari, rais oʻrinbosarlari, ilmiy kotiblari ishtirok etdilar.

Yigʻilishda Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning joriy yil 24 may kuni Oʻzbekiston Milliy universitetida taʼlim va ilm-fan sohasi vakillari bilan uchrashuvi bayonida belgilab berilgan vazifalar ijrosi toʻgʻrisida soʻzlarkan, ilmiy-texnik loyihalarga qoʻyiladigan talablarni yanada kuchaytirish, mavzularni shakllantirishga jiddiy yondashish, ilmiy tadqiqot natijalari jamiyatimiz va iqtisodiyotimizdagi muayyan muammolarni hal etishga qaratilishi lozimligini taʼkidladi.

Shuningdek, vazir ilmiy-texnik tanlovlar jarayoning shaffofligi va korruptsiyadan xoli oʻtishiga alohida ahamiyat qaratdi. Ilmiy-texnik kengash aʼzolari va raislarini rotatsiyasini muntazam olib borilayotgani va bu tajriba odatiy holga aylanishini aytdi. Oʻz navbatida tanlovga yuborilgan loyihalarning ekspertiza jarayonlarini yanada mukammallashtirish masalalari oʻrtaga tashlandi. Bundan tashqari, tanlovda gʻolib boʻlib, amalga oshirilayotgan tadqiqotlarni audit qilish tizimi ishlab chiqib, uni joriy etish masalalar muhokama qilindi.

Majlisda Ilmiy texnik kengashlar raislari oʻrtaga tashlagan masalalar atroflicha muhokama qilindi, vazir har bir Ilmiy texnik kengash oldiga bugungi kun talablaridan kelib chiqqan holda aniq vazifalar qoʻydi.

Innovatsion rivojlanish vazirligi matbuot xizmati


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.