18 +  RSS  E-mail
11:21, 21 06 2019

Sirdaryo viloyatida agrosanoat klasteri tashkil etiladi


Sirdaryo viloyatida agrosanoat klasterini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida Hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga koʻra, Sirdaryo viloyatida toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb etish hisobiga tarkibida tsellyuloza mavjud boʻlgan ekinlar va almashlab ekishda qatnashadigan boshqa ekinlarni yetishtirish va qayta ishlash tsiklini yaratishni nazarda tutuvchi agrosanoat klasteri tashkil etiladi. Klasterni yaratish uchun esa “RS Success Agro” MChJ tashkil etilishi koʻzda tutilgan.

Klasterning asosiy vazifalari ilgʻor ilmiy yutuqlarni, tsellyuloza mavjud boʻlgan ekinlar va boshqa qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtirishning zamonaviy va samarali usullarini, ilgʻor agrotexnik va suv tejamkor texnologiyalarni, toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb etgan holda texnik kanop hamda zigʻir tolasi va urugʻini qayta ishlashning samarali usullarini, ularni qayta ishlash texnologiyalarini joriy etishdan iborat.

Shuningdek, qaror bilan “Industrial Innovation Group LLC” (Birlashgan Arab Amirliklari) va “RS Success Agro” MChJ tomonidan 2019-2023 yillarda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining prognoz parametrlari tasdiqlandi.

Qishloq xoʻjaligi vazirligi matbuot xizmati


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.